TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iB.1673Keywords:
metafora, metaforik ko‘chim, lingvopoetika, idiostil, Tog‘ay Murod, antropomorfik metafora, sinestetik metafora, gidromorfik metaforaAbstract
Maqolada Tog‘ay Murod romanlaridagi metaforik ko‘chimlar semantik va lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Otamdan qolgan dalalar” va “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlaridan tanlangan misollar olindi. Maqolada metaforalarning antropomorfik, zoomorfik, fitomorfik, kosmomorfik va abiomorfik turlari, shuningdek, sinestetik hamda gidromorfik ko‘rinishlari ajratilib, ularning obraz yaratish, ruhiy holatni kuchaytirish, ijtimoiy baho berish va muallif idiostilini namoyon etishdagi roli ochib beriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Tog‘ay Murod metaforani tayyor bezak sifatida emas, balki voqelikni milliy tasavvur va individual nutq orqali qayta quruvchi poetik mexanizm sifatida ishlatadi. Ayniqsa, adib qo‘llagan metaforalarda inson ruhiyati, milliy sha’n va ichki tug‘yonni ifodalashda o‘ziga xos okkazional metaforalar yaratilganligi kuzatiladi. Maqola natijalari yozuvchi tilining obrazlilik tabiatini aniqroq ko‘rsatish va badiiy matnning lingvopoetik talqinini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yozuvchi tilining obrazlilik tabiatini aniqroq ko‘rsatish va badiiy matnning lingvopoetik talqinini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek badiiy matnlarida metaforik ko‘chimlarning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, muallifning individual uslubini tavsiflash hamda zamonaviy lingvopoetik tadqiqotlarni boyitish uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda metaforalarning kontekstual faolligi hamda ularning badiiy-estetik ta’sir kuchi Tog‘ay Murod ijodi misolida yoritilib, adibning metafora yaratish mahorati o‘ziga xos poetik tafakkur mahsuli ekanligi asoslab beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ibragimov X. O‘zbek tilida teomorfik metaforalar va ularning badiiy matndagi o‘rni. “Davlat tili taraqqiyoti: muammolar va yechimlar” mavzusidagi respublika ikkinchi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2022.
2. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Фан, 2006.
3. Насруллаева Г. Антропоцентрик метафоранинг лисоний, когнитив ва лингвомаданий аспекти. Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Фарғона, 2019.
4. Пазлитдинова Н. Метафорик фитонимларнинг лисоний хусусиятлари. / Нутқ маданияти ва ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжуман материаллари. – Андижон, 2017.
5. Ғуломова Ш. Тоҳир Малик асарларидаги антропоцентрик метафоралар таснифига доир. / Lison ilmining chin yalovbardori. Prof. H.G‘. Ne’matov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2017.
6. Ўринов Б. Ҳайвон номлари билан ифодаланган метафоралар ҳақида. / Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (илмий мақолалар тўплами). – Тошкент, 2012.
7. Xo‘jamqulov A. O‘zbek tilida metaforaning tasniflanishiga doir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan ilmiy maqolalar to‘plami. Lingvist. 2-kitob. – T.: Akademnashr, 2011.
8. Хўжамуродова О. Шеъриятда гул лексемасининг лингвопоэтик хусусиятлари. // ЎТА, 2022, № 2.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.