O‘ZLASHMA ARTIONIMLARNING MOSLASHUV TIPOLOGIYASI VA VARIANTLILIKNI ME’YORLASHTIRISH TAMOYILLARI

O‘ZLASHMA ARTIONIMLARNING MOSLASHUV TIPOLOGIYASI VA VARIANTLILIKNI ME’YORLASHTIRISH TAMOYILLARI

Authors

  • Nazokat Safiyazova Ma’mun universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1865

Keywords:

onomastika, ideonim, artionim, o‘zlashma artionim, kalka, transkripsiya, aralash tip, variantlilik, me’yorlashtirish, vositachi til, lingvomadaniy moslik.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek onomastikasining o‘rganilmagan sohalaridan biri hisoblangan o‘zlashma artionimlar - jahon hamda rus tasviriy san’ati asarlari atoqli otlarining o‘zbek tilida lisoniy moslashuv xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi hamda ularning variantlilik holatlari 81 birlikdan iborat korpus asosida tizimli tadqiq etiladi. Asarlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishida to‘liq tarjima (kalka), aralash tip, transkripsiya, tavsifiy tarjima kabi moslashtirish modellarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, qabul qiluvchi tilda semantik va madaniy moslik tamoyili yetakchi o‘rin tutishi asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘zlashma nomlarning aksariyati o‘zbek tiliga rus tili vositachiligida kirib kelgani aniqlanib, bu holat ikki bosqichli semantik siljish va xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgani ochib beriladi. Manbalarda uchraydigan ziddiyatli holatlar - diniy-e’tiqodiy tushunchalarning noto‘g‘ri almashtirilishi, leksik buzilishlar va manbashunoslik noaniqliklari tahlil qilinib, o‘zlashma artionimlarni ilmiy, o‘quv hamda lug‘atshunoslik amaliyotida birxillashtirishga qaratilgan olti bosqichli me’yorlashtirish modeli taklif etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Воложанина Т.С., Капитонова М.А. Особенности перевода артионимов с русского языка на английский // Вестник Челябинского государственного университета. – 2013. – № 31 (322). Филология. Искусствоведение. Вып. 84. – С. 137–139.

2. Мухаметгареева Н.М. Артионим во французском и русском искусствоведческих дискурсах: лингвокультурологический аспект перевода: дис. … канд. филол. наук: 10.02.20. – Казань, 2017. – 215 с.

3. Мухаметгареева Н.М., Юсупова З.А. Эволюция артионима: особенности функционирования // Russian Linguistic Bulletin. – 2022. – № 8 (36). – С. 1–5. – DOI: 10.18454/RULB.2022.36.20.

4. Azamatova O.O. O‘zbek tilida artionimlarning lingvistik tadqiqi (tasviriy san’at asarlarining nomlari asosida): filol. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD) diss. avtoref. – Andijon, 2024. – 54 b.

5. Azamatova O.O. O‘zbek tilidagi ideonimlarning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari // Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. – 2024. – Maxsus son. – B. 724–730.

6. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari / O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1995. – 32 b.

7. Weinreich U. Languages in Contact: Findings and Problems. – The Hague: Mouton, 1953. – 148 p.

8. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.

9. Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London: Routledge, 1995. – 353 p.

10. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language. – 2nd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 1997. – 480 p.

Published

2026-06-18

Iqtiboslik olish

Safiyazova, N. (2026). O‘ZLASHMA ARTIONIMLARNING MOSLASHUV TIPOLOGIYASI VA VARIANTLILIKNI ME’YORLASHTIRISH TAMOYILLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 18(C), 160–163. https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1865
Loading...