“MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1858Keywords:
mavsumiy moliyalashtirish, aylanma mablagʻlar, kreditorlik qarzi, bank krediti, foiz xarajatlari, qarz spirali, restrukturizatsiya, dividend siyosati, ombor guvohnomasi, oldindan toʻlov.Abstract
Maqolada mavsumiy mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasining mavsumiy moliyaviy ehtiyojlarini qoplash manbalari va qarzdorlik dinamikasi “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2026-yillardagi yillik hisobotlari, oylik pul oqimlari va qarzdorlik rasshifrovkalari asosida tahlil qilingan. Ichki manbalar qisqarishi sharoitida moliyalashtirish ogʻirligining kreditorlik qarzi va bank kreditiga koʻchishi miqdoriy baholangan: kreditorlik qarzi ikki yilda 50,2 mlrd soʻmdan 1 226,0 mlrd soʻmgacha (24,4 barobar), shu jumladan tabiiy gaz yetkazib beruvchi oldidagi qarz 820,9 mlrd soʻmgacha, foiz xarajatlari uch yilda 3,8 dan 101,4 mlrd soʻmgacha oshgan. Bank kreditlarining jalb qilinish oylari pul tushumining mavsumiy chuqurligiga toʻgʻri kelishi, dividend majburiyatlarining mavsumiy likvidlik bilan muvofiqlashtirilmaganligi (320,6 mlrd soʻm qarz) va gaz uchun 100 foiz oldindan toʻlov rejimining mavsumiy uzilishni kuchaytirishi aniqlangan. “Mavsumiy qarz spirali” mexanizmi beshta ketma-ket bosqichda tavsiflangan va uning davlat aralashuvi (qarzni restrukturizatsiya qilish) orqali uzilishi keys sifatida koʻrsatilgan. Spiralni oldini olishning tizimli yechimlari — mavsumiy siklga moslashtirilgan kredit liniyalari, ombor guvohnomalari asosidagi moliyalashtirish, oldindan toʻlovli forvard shartnomalari, sikl yakunidagi muvozanatga bogʻlangan dividend qoidasi va bank regulyatsiyasida mavsumiy qarzdorlar uchun alohida rejim taklif etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Myers S.C., Majluf N.S. Corporate Financing and Investment Decisions When Firms Have Information That Investors Do Not Have // Journal of Financial Economics. – 1984. – Vol. 13, No. 2. – P. 187–221.
2. Myers S.C. The Capital Structure Puzzle // The Journal of Finance. – 1984. – Vol. 39, No. 3. – P. 574–592.
3. Petersen M.A., Rajan R.G. Trade Credit: Theories and Evidence // The Review of Financial Studies. – 1997. – Vol. 10, No. 3. – P. 661–691.
4. Fairhurst D. Financing seasonal demand // Financial Management. – 2020. – Vol. 49, No. 3. – P. 839–870.
5. Murfin J., Petersen M. Loans on sale: Credit market seasonality, borrower need, and lender rents // Journal of Financial Economics. – 2016. – Vol. 121, No. 2. – P. 300–326.
6. Deloof M. Does Working Capital Management Affect Profitability of Belgian Firms? // Journal of Business Finance & Accounting. – 2003. – Vol. 30, No. 3–4. – P. 573–588.
7. Baños-Caballero S., García-Teruel P.J., Martínez-Solano P. Working capital management, corporate performance, and financial constraints // Journal of Business Research. – 2014. – Vol. 67, No. 3. – P. 332–338.
8. Richards V.D., Laughlin E.J. A Cash Conversion Cycle Approach to Liquidity Analysis // Financial Management. – 1980. – Vol. 9, No. 1. – P. 32–38.
9. Höllinger F., Rutten L., Kiriakov K. The Use of Warehouse Receipt Finance in Agriculture in Transition Countries. – Rome: FAO / World Bank, 2009.
10. Li Y., Zhang W., Ma L., Huang G., Oenema O., Zhang F., Dou Z. An Analysis of Chinaʼs Fertilizer Policies: Impacts on the Industry, Food Security, and the Environment // Journal of Environmental Quality. – 2013. – Vol. 42, No. 4. – P. 972–981.
11. Board of Governors of the Federal Reserve System. Seasonal Credit Program // federalreserve.gov; U.S. Department of Agriculture, Commodity Credit Corporation. Marketing Assistance Loans // fsa.usda.gov.
12. Blank I.A. Upravleniye denejnыmi potokami. – Kiyev: Nika-Sentr, Elga, 2002. – 736 s.
13. Saviskaya G.V. Kompleksnыy analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya: uchebnik. – 7-ye izd. – M.: INFRA-M, 2025. – 608 s.
14. Yuldashev F.T. Sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash yoʻllari // Fundamental tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 3, № 3. – B. 54–60.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik sharhi: 2024-yil. – Toshkent, 2025.
16. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (OʻzR Adliya vazirligida 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan roʻyxatga olingan) // lex.uz.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori // lex.uz.
18. “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2026-yillardagi moliyaviy hisobotlari, pul oqimlari va qarzdorlik boʻyicha operativ maʼlumotlari.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.