“AYTILADIMI YOKI KO‘RSATILADIMI?”: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANLARIDA RUHIY HOLAT IFODASINING VERBAL-NOVERBAL NISBATI

“AYTILADIMI YOKI KO‘RSATILADIMI?”: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANLARIDA RUHIY HOLAT IFODASINING VERBAL-NOVERBAL NISBATI

Authors

  • Fazilatxon Ikromova Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1844

Keywords:

emotsiya, verbal vositalar, noverbal vositalar, qiyosiy tilshunoslik, badiiy matn, kinesika, sukut, lingvokulturologiya.

Abstract

Maqolada ingliz (Sh. Bronte, “Jane Eyre”) va o‘zbek (O‘. Hoshimov, “Ikki eshik orasi”) romanlari asosida ruhiy holat ifodasining verbal va noverbal vositalari qiyosiy o‘rganilgan. Noverbal vositalar romanda faqat ularning so‘z orqali tasviri shaklida mavjud bo‘lgani uchun ifoda vositalari besh guruhga ajratildi va har bir birlik “o‘z holati” yoki «kuzatilgan holat» belgisi bilan kodlandi. Uch juft mos sahna (norozilik va qarshilik, haqorat, ayriliq) tahlili shuni ko‘rsatdiki, ingliz sahnalarida qahramon o‘z his-tuyg‘usini ko‘proq verbal vositalar bilan beradi, o‘zbek sahnalarida esa ruhiy holat ko‘proq boshqa personajlarning tashqi belgilari, sukut, harakat va somatik iboralar orqali ifodalanadi; bu yo‘nalish uchala juftda ham bir xil kuzatildi. Natijalar tavsifiy xarakterga ega bo‘lib, kengroq korpusda tekshirishni talab qiladi. Maqolada ruhiy holatning badiiy matnda namoyon bo‘lishi personajlarning individual kechinmalari, muloqot jarayonidagi munosabati va vaziyatga xos xatti-harakatlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Verbal va noverbal birliklarning o‘zaro aloqasi qahramonlar ruhiyatini yoritish, yashirin emotsional mazmunni anglash hamda muallifning tasvir usullarini aniqlash nuqtayi nazaridan baholanadi. Tahlil jarayonida emotsional mazmunni bevosita ifodalovchi leksik birliklar bilan bir qatorda, kontekst orqali anglashiladigan sukut, mimika, tana harakatlari va paralingvistik belgilar o‘rtasidagi munosabatga e’tibor qaratiladi. Taklif etilgan tasniflash mezonlari turli tillardagi badiiy matnlarni qiyosiy o‘rganish, hissiy mazmunning ochiq yoki bilvosita ifodalanish xususiyatlarini aniqlash hamda lingvokulturologik talqin imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Olingan kuzatishlar badiiy diskursda emotsional axborotning shakllanishi va o‘quvchi tomonidan idrok etilish mexanizmlarini o‘rganish uchun nazariy-metodik ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ekman P., Friesen W.V. Constants across cultures in the face and emotion // Journal of Personality and Social Psychology. 1971. Vol. 17(2). P. 124-129.

2. Matsumoto D. Cultural similarities and differences in display rules // Motivation and Emotion. 1990. Vol. 14(3). P. 195-214.

3. Wierzbicka A. Emotions across languages and cultures: Diversity and universals. Cambridge: Cambridge University Press, 1999.

4. Kövecses Z. Metaphor and emotion: Language, culture, and body in human feeling. Cambridge: Cambridge University Press, 2000.

5. Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live by. Chicago: University of Chicago Press, 1980.

6. Hall E.T. Beyond culture. New York: Anchor Press, 1976.

7. Markus H.R., Kitayama S. Culture and the self: Implications for cognition, emotion, and motivation // Psychological Review. 1991. Vol. 98(2). P. 224-253.

8. Poyatos F. Literary anthropology: A new interdisciplinary approach to people, signs and literature. Amsterdam: John Benjamins, 1988.

9. Korte B. Body language in literature. Toronto: University of Toronto Press, 1997.

10. Xursanov N. I. Dramatik diskursda verbal va noverbal komponentlar munosabati: Monografiya. – Toshkent: “Bookmany print”, 2024. – 184 b. — ISBN 978-9910-06-052-6

11. Axmedova Sh.S., Rahimova N.K. Emotion and culture in language use: exploring differences between english and uzbek emotional expression// Zamonaviy tilshunoslikning fan, ta'lim va amaliyot bilan integratsiyasi: maxsus son. DOI: 10.5281/zenodo.17785675.

12. Karimova D.L. Salbiy emotsional konseptlar (qo‘rquv, uyat, aybdorlik va g‘azab)ning ingliz va o‘zbek tillaridagi lingvomadaniy va lingvokognitiv verbalizatsiyasi. DOI: 10.5281/zenodo.22281296.

13. Brontë C. Jane Eyre. London: Smith, Elder & Co., 1847.

14. Hoshimov O‘. Ikki eshik orasi: roman. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. 752 b.

15. Abdumalikova M. Ingliz va o‘zbek tillarida emotsional nutqning psixolingvistik xususiyatlari: quvonch, qo‘rquv, g‘azab kabi hissiyotlarning ifodalanishi. https://zenodo.org/records/17336706

Published

2026-10-05

Iqtiboslik olish

Ikromova, F. (2026). “AYTILADIMI YOKI KO‘RSATILADIMI?”: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANLARIDA RUHIY HOLAT IFODASINING VERBAL-NOVERBAL NISBATI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 60–63. https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1844
Loading...