XX ASR ADABIYOTSHUNOSLIGIDA MIF, MIFOPOETIKA VA NEOMIFOLOGIZM NAZARIYALARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1842Keywords:
mif, mifopoetika, neomifologizm, mifologik tafakkur, arxetip, mifologema, ramz, mifik metod, modernizm, mualliflik mifi, badiiy matn.Abstract
Mazkur maqolada XX asr adabiyotshunosligida mif, mifopoetika va neomifologizm nazariyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda badiiy tafakkurdagi funksional xususiyatlari tadqiq etiladi. Mifning ramziy, arxetipik, ritual, strukturaviy va semiotik talqinlari E. Kassirer, K.G. Yung, M. Eliade, K. Levi-Stross, R. Bart, N. Fray hamda E.M. Meletinskiy kabi olimlarning ilmiy qarashlari asosida yoritiladi. Tadqiqotda mifopoetik tahlil metodidan foydalanilib, mif, mifopoetika va neomifologizm tushunchalarining nazariy chegaralari hamda o‘zaro munosabati aniqlashtiriladi. J. Joysning Ulysses, T.S. Eliotning The Waste Land, F. Kafkaning The Metamorphosis hamda T. Mann asarlari misolida an’anaviy mifologik syujet, obraz va motivlarning XX asr adabiyotida qayta semantizatsiya qilinishi tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida mifning zamonaviy adabiyotda tayyor syujet manbai sifatidagi funksiyasidan badiiy voqelikni modellashtiruvchi strukturaviy va semantik mexanizm darajasiga ko‘tarilgani asoslanadi. Neomifologizm esa an’anaviy miflarning yangi tarixiy-madaniy sharoitda transformatsiya qilinishi va individual mualliflik mifologiyasining shakllanishi bilan tavsiflanishi aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Cassirer E. The Philosophy of Symbolic Forms. Vol. 2: Mythical Thought. – New Haven: Yale University Press, 1955.
2. Jung C. G. The Archetypes and the Collective Unconscious. – Princeton: Princeton University Press, 1969.
3. Eliade M. Myth and Reality. – New York: Harper & Row, 1963.
4. Lévi-Strauss C. Myth and Meaning. – Toronto: University of Toronto Press, 1978.
5. Barthes R. Mythologies. – Paris: Éditions du Seuil, 1957.
6. Frye N. Anatomy of Criticism: Four Essays. – Princeton: Princeton University Press, 1957.
7. Eliot T. S. Ulysses, Order, and Myth // The Dial. – 1923. – Vol. 75. – P. 480–483.
8. Meletinsky E. M. The Poetics of Myth. – New York; London: Routledge, 2000.
9. Vojvodić J., Ioffe D. (Neo)mythologism in Literature: Theories of Myth and Sign. Introduction // Russian Literature. – 2019. – Vols. 107–108. – P. 1–29. – DOI: 10.1016/j.ruslit.2019.10.002. – URL: https://doi.org/10.1016/j.ruslit.2019.10.002
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.