INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL

Authors

  • Muxlisa Sultanova Toshkent davlat texnika universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi dotsenti.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1770

Keywords:

muqobil energetika terminologiyasi, strukturaviy tasnif, chog‘ishtirma tilshunoslik, terminologik korpus, so‘z yasalishi, abbreviatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida muqobil energetika sohasiga oid terminlarning strukturaviy shakllanish xususiyatlari chog‘ishtirma-tipologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida mazkur sohaga oid yangi terminologik birliklarning ko‘payishi hamda ularni turli tillarda standartlashtirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot materiallari 396 ta terminologik birlikdan iborat korpus asosida shakllantirilib, shundan 235 tasi ingliz, 161 tasi o‘zbek tiliga mansub birliklarni tashkil etadi. Terminlar sodda, yasama, qo‘shma, birikmali, ko‘p komponentli va abbreviativ birliklar sifatida tasniflanib, ularning miqdoriy va strukturaviy nisbatlari aniqlangan. Tahlil natijalari ingliz tilida yasama terminlarning, o‘zbek tilida esa birikmali terminlarning ustunligini ko‘rsatdi. Shuningdek, abbreviaturalar va qo‘shma terminlarning ikki tildagi qo‘llanish chastotasida sezilarli tafovutlar aniqlandi. Ushbu farqlar til tipologiyasi bilan bir qatorda xalqaro terminlarning o‘zlashtirilishi, so‘z yasash imkoniyatlari, tarjima va terminologik standartlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq holda talqin qilindi. Tadqiqot natijalari muqobil energetika terminologiyasining strukturaviy modelini aniqlash, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi terminologik muvofiqlikni takomillashtirish hamda o‘zbek tilidagi ilmiy-texnik terminlarni standartlashtirish uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Лотте Д.С. Основы построения научно-технической терминологии. - М.: Изд-во АН СССР, 1961. - 158 с.

2. Лейчик В.М. Терминоведение: предмет, методы, структура. - М.: Либроком, 2007. - 256 с.

3. Ярцева В.Н. Контрастивная грамматика. - М.: Наука, 1981. - 111 с.

4. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods, and Applications. - Amsterdam: John Benjamins, 1999. - 247 p.

5. Максимова Н.В. Современная электроэнергетическая терминология: структурный и семантический аспекты: дис. ... канд. филол. наук. - М.: МГОУ, 2020.

6. Зяблова Н.Н. Лексико-семантическое поле “Возобновляемые источники энергии”: дис. ... канд. филол. наук. - Самара: СГСПУ, 2016.

7. Oxford English Dictionary. - 3rd ed. - Oxford: Oxford University Press, 2010.

8. O‘zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2006-2008.

9. O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi Qonuni. 21.05.2019 y., OʻRQ-539-son.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 518-son Qarori. - Toshkent, 21.09.2022 y.

11. IEA (International Energy Agency). Renewable Energy Terminology. - Paris: IEA, 2020.

12. IRENA. Wind Energy. - [Elektron manba]: https://www.irena.org/Energy-Transition/Technology/Wind-energy

13. IRENA. Ocean Energy. - [Elektron manba]: https://www.irena.org/ocean

Published

2026-08-19

Iqtiboslik olish

Sultanova, M. (2026). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 56–59. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1770
Loading...