TA’LIM MARKETINGINING EVOLYUTSIYASI: GLOBALLASHUV VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1583Keywords:
oliy ta’lim, marketing, globallashuv, raqamli texnologiyalar, brending, ta’lim xizmatlariAbstract
Mazkur ishda oliy ta’lim marketingining rivojlanish tendensiyalari, uning globallashuv va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq o‘zgarishlari tahlil qilingan. Ta’lim marketingi faqat xizmatlar bozori bilan cheklanmay, balki fan, texnologiya va innovatsion faoliyat bilan integratsiyalashgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iste’molchilarga yo‘naltirilgan kastomizatsiyalashgan yondashuv, ta’lim muassasalari brendingi va xalqaro ta’lim bozoridagi raqobat masalalari yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotda ta’lim marketingining evolyutsion bosqichlari tahlil qilinib, uning an’anaviy modeldan raqamli va innovatsion modelga o‘tish jarayonlari ochib beriladi. Maqolada oliy ta’lim muassasalarining marketing strategiyalarini shakllantirishda raqamli platformalar, internet marketing vositalari va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarining o‘rni asoslab berilgan. Bundan tashqari, ta’lim marketingining zamonaviy yo‘nalishlari sifatida xalqaro ta’lim xizmatlari eksporti, universitetlararo hamkorlik, hamda fan va texnologiyalar transferi jarayonlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalari uchun samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishda hamda ularning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Панкрухин А. П. Маркетинг образовательных услуг. — М.: Интерпракс, 1995. — 240 с.
2. Котлер Ф. Маркетинг-менеджмент. — СПб.: Питер, 2003. — 800 с.
3. Сагинова О. В. Маркетинг образования: теория и практика. — М.: РЭУ им. Г. В. Плеханова, 2005. — 276 с.
4. Куркин Е. П. Маркетинг школьного образования. — М.: Просвещение, 2000. — 192 с.
5. Песоцкая Е. В. Маркетинг услуг. — СПб.: Питер, 2000. — 160 с.
6. Зинуров У. Г. Маркетинг в деятельности вузов: теория и методы решения. — М.: Экономика, 2001. — 220 с.
7. Johnson E. Principles of Marketing. — New York: McGraw-Hill, 2001. — 350 p.
8. Yuldashev M. O‘zbekistonda pedagogika va ta’lim boshqaruvi masalalari // Ilmiy maqolalar to‘plami. — Toshkent, 2018. — 120 b.
9. Karimov A. Ta’lim menejmenti va marketingi asoslari. — Toshkent: Fan, 2019. — 180 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.