TOLKIEN ASARLARIDA METAFORALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING DISKURSIV XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1558Keywords:
Tolkien, metafora, konseptual metafora nazariyasi, MIPVU, kognitiv tilshunoslik, diskurs, mifopoetika, “Uzuklar hukmdori”Abstract
Ushbu maqolada J.R.R.Tolkienning “Uzuklar hukmdori” (The Lord of the Rings) asarida qo‘llangan metaforalarning o‘ziga xos lingvistik va kognitiv xususiyatlarini hamda ularning badiiy diskurs tarkibidagi funksional-semantik rolini o‘rganildi. Tadqiqotda konseptual metafora nazariyasi va MIPVU metodologiyasiga asoslangan holda mifotopoetik makon, qahramonlar nutqi va muallif narratividagi metaforik ifodalar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Tolkien ijodida qo‘llangan metaforalar an’anaviy she’riy troplardan farqli o‘laroq, dunyoni kognitiv modellashtirish va mifologik ong shakllantirishning universal vositasiga aylanadi.
Shuningdek, metaforik birliklar asar voqeliklarini konseptual tizimga solishda, yaxshilik va yovuzlik oppozitsiyasini ifodalashda hamda qahramonlarning ichki dunyosini ochib berishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari badiiy matnda metaforaning nafaqat estetik, balki kognitiv va kommunikativ funksiyalarini ham yoritib, uning lingvistik tahlil doirasini kengaytirishga hissa qo‘shadi. Mazkur ish Tolkien asarlarini chuqurroq anglash, shuningdek, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda konseptual metafora yondashuvini qo‘llash uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolkien, J.R.R. (1954–1955). The Lord of the Rings (Vol. I–III). London: Allen & Unwin.
2. Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press.
3. Lakoff, G. (1993). The contemporary theory of metaphor. In A. Ortony (Ed.), Metaphor and Thought (2nd ed., pp. 202–251). Cambridge: Cambridge University Press.
4. Kövecses, Z. (2010). Metaphor: A Practical Introduction (2nd ed.). Oxford: Oxford University Press.
5. Noel, R. (1980). The Languages of Tolkien’s Middle-earth. New York: Houghton Mifflin.
6. Shippey, T. (2003). The Road to Middle-earth: How J.R.R.Tolkien Created a New Mythology (Rev. ed.). New York: Houghton Mifflin.
8. Kövecses, Z. (2000). Metaphor and Emotion: Language, Culture, and Body in Human Feeling. Cambridge: Cambridge University Press.
9. Bozorova, F., & Nishonov, Q. (2018). O‘zbek badiiy matnida metafora: kognitiv tahlil. Filologiya masalalari, 2, 34–42.
10. Saussure, F. de (1916). Cours de linguistique générale. Paris: Payot. [O‘zbek tarjimasi: Til haqida umumiy kurs. Toshkent: Fan, 1998].
11. Steen, G., Dorst, A., Herrmann, J., Kaal, A., Krennmayr, T., & Pasma, T. (2010). A Method for Linguistic Metaphor Identification: From MIP to MIPVU. Amsterdam: John Benjamins.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.