XULQI OG‘ISHGAN O‘SMIRLAR IJTIMOIYLASHUVIDA OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1448Keywords:
oila, xulq og‘ishi, deviant xulq-atvor, mikroijtimoiy munosabatlar, yomon xulq, deviatsiya (og‘ish), axloqiy tarbiyasi, ma’naviy kamolot.Abstract
Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan o‘smirlar ijtimoiylashuvi jarayonida ota-ona va bola munosabatlarining psixologik xususiyatlari, ularning shaxs kamolotiga ta’siri hamda deviant xulq-atvorning shakllanish omillari yoritiladi. O‘smirlik davrining murakkab psixologik xususiyatlari, shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, oiladagi nosog‘lom muhit, tarbiyaviy nazoratning sustligi yoki noto‘g‘ri tashkil etilishi kabi omillar xulq og‘ishining yuzaga kelishida muhim rol o‘ynashi asoslab beriladi. Shuningdek, mikroijtimoiy munosabatlar – oila, maktab va tengdoshlar muhitining o‘zaro ta’siri, ota-onalarning pedagogik savodxonligi darajasi, oilaviy qadriyatlar tizimi hamda emotsional qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi o‘smir shaxsining ma’naviy-axloqiy shakllanishiga bevosita ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Maqolada deviant xulq-atvorning sub’ektiv va ob’ektiv sabab-omillari, ijtimoiy dezadaptatsiya jarayonlari hamda ularni bartaraf etishda oilaning tarbiyaviy salohiyatini kuchaytirish zarurligi yoritilgan. Ota-ona va bola o‘rtasidagi ishonchli, hurmat va hamkorlikka asoslangan munosabatlar o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda, ularning o‘zini anglash, o‘z xulqini boshqarish va ijobiy motivatsiyani shakllantirishida muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olishda psixologik-pedagogik yondashuv, profilaktik choralar va oilaviy tarbiya tizimini takomillashtirish masalalari ham asoslab beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi.1 iyul, 2017 y.
2. Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent: O‘qituvchi, 1967. –B. 88–89
3. Umarov B.M. O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent, “Fan” nashriyoti – 2008, 314 bet
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.