GLOBALLASHUV MUHITIDA O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA MAKTAB-OILA O‘ZARO MUNOSABATLARI MODELINI YARATISH
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1445Keywords:
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, pedagogik model, globallashuv, refleksiv-tahliliy bosqich, muammoli vaziyatlarni yaratish, mustaqil ish, kompyuter praktikumi.Abstract
Maqolada globallashuv sharoitida maktab va oila o‘zaro munosabatlari orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik modeli ochib berilgan. Ushbu model o‘quvchining axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ongli munosabatini rivojlantirish, hissiy va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan. Maqolada maktab va oilaning yaqin hamkorligi asosida amalga oshiriladigan muhokamalar, interaktiv mashg‘ulotlar, veb-kvestlar, mustaqil ishlar va ijtimoiy loyihalar orqali o‘quvchining bilimlari, hissiy munosabatlari va xulq-atvori tizimli tarzda shakllantirilishi ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, pedagogik modelning asosiy bosqichlari – aksiologik (qadriyatli), ijtimoiy-moslashuvchan, refleksiv-tahliliy va fuqarolik o‘zligini anglash – batafsil tavsiflangan. Har bir bosqichda qo‘llaniladigan ta’lim-tarbiya usullari va tashkiliy shakllar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini, axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatini va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maqolada shuningdek o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini baholash mezonlari (kognitiv, emotsional va xulq-atvor) keltirilgan, pedagogik jarayonning samaradorligini aniqlash va maktab-oila hamkorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan. Ushbu model o‘quvchilarning mustaqil axloqiy tanlov qilishi, ijtimoiy foydali faoliyatlarda faol ishtirok etishi va global axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishini rag‘batlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги ЎРҚ-637-сонли «Таълим тўғрисида»ги Қонуни. www.lex.uz
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 сентябрдаги “Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ- 5812-сонли Фармони. www.lex.uz
4. “Мактаб — ота-она — маҳалла” ҳамкорлиги узвий ташкил этилади - Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар, дата последнего обращения: апреля 11, 2025, https://uza.uz/uz/posts/maktab-ota-ona-mahalla-hamkorligi-uzviy-tashkil-etiladi_567716
5. Ильин И.А. О воспитании национальной элиты. М.: Жизнь и мысль, 2001. 509 с.
6. Кабаченко Н.А. Восприятие телевизионной рекламы детьми разных возрастных групп // Вестник МГОУ. 2011. №4. С.76-80.
7. Татаркевич В.И. История философии. Античная и средневековая философия. Пермь: Изд-во Пермского университета, 2001. 482 с.
8. Устав (Конституция) Всемирной организации здравоохранения: принят в г. Нью-Йорке 22 июля 1946 г. // Международные организации: материалы и док. / Сиб. ин-т междунар. отношений и регионоведения; сост.: О.B. Плотникова, Ю.И. Дубровин, В.С. Плотников. Новосибирск, 2004. С. 121131.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.