JEYMS JOYSNING TAFAKKURIDAN OZIQLANGAN O‘ZBEK ADIBLARIDA MIFOLOGIK TALQIN MODUSI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1441Keywords:
mif, obraz, talqin, idrok, uslub, mezon, modus, sistema.Abstract
Mazkur maqolada Jeyms Joys ijodiy tafakkuri ta’sirida shakllangan o‘zbek adabiyotidagi mifologik talqin modusi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda mifning zamonaviy roman poetikasidagi o‘rni, uning estetik sistema va konseptual mezon sifatidagi funksiyasi yoritiladi. Ayniqsa, Joysning mifologik universalizmga asoslangan badiiy tafakkuri, ong oqimi uslubi, ramziy va tush motivlari orqali voqelikni idrok etish tamoyillari o‘zbek adiblari ijodida qanday aks etgani qiyosiy aspektda ochib beriladi.
Maqolada Nazar Eshonqul hamda qator mustaqillik davri yozuvchilarining asarlari misolida mifopoetik qatlam, ongosti kechinmalari, ramz va timsollarning funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, “Go‘ro‘g‘li” romani va Joysning “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” asari o‘rtasidagi poetik uyg‘unlik, mifning individual va ijtimoiy ongni shakllantirishdagi roli, shaxs “men”ining mavjudlik va tanazzul oralig‘idagi izlanishlari ochib beriladi.
Shuningdek, maqolada mifning tarixiy xotira, milliy ong va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq konseptual xarakteri asoslanadi. Tush va ramzlarning psixoanalitik talqini (Yung nazariyasi asosida) hamda badiiy tafakkur dialektikasi masalalari yoritilib, mifning zamonaviy o‘zbek romanida estetik va falsafiy tafakkur shakli sifatida namoyon bo‘lishi isbotlanadi. Natijada, Joys tafakkuridan oziqlangan o‘zbek adabiyotida mifologik talqin modusi nafaqat shakliy tajriba, balki milliy o‘zlikni anglash va tarixiy-ijtimoiy haqiqatni badiiy idrok etish vositasi sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda xulosalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жон Голсуорси. Адабиётда характер яратиш. –Т., “Маънавият”. 2010.
2. Назар Эшонқул. Мендан “мен”дан менгача. –Т: “Академнашр”. 2014.
3. Жеймс Жойс. Мусаввирнинг ёшликдаги шамойили. –Т: “Академнашр”. 2021.
4. Тўраев Д. Ўзбек романларида бадиий тафаккур ва маҳорат муаммоси. –Т, “Университет”. 2011.
5. Назар Эшонқул. Ижод фалсафаси. –Т., “Академнашр”. 2018.
6. Назар Эшонқул. Гўрўғли ёхуд ҳаёт суви. –Т., Ғ.Ғулом 2018.
7. Ёқубов И. Мустақиллик даври ўзбек романлари поэтикаси. Филол.фан.док.дисс.автореферати. –Т., 2018.
8. Назар Эшонқул. Гўрўғли ёхуд ҳаёт суви. –Т., Ғ.Ғулом номидаги нашриёт матбаа-ижодий уйи. 2018.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.