SEREBRAL FALAJLI BOLALARNING SENSOR TARBIYASI

SEREBRAL FALAJLI BOLALARNING SENSOR TARBIYASI

Authors

  • Gulchexrabonu Isamova Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1439

Keywords:

serebral falaj, sensor tarbiya, idrok, ko‘rish idroki, eshitish idroki, taktil idrok, fazoviy tasavvur, vaqt tasavvuri, kinestetik sezgi, oliy ruhiy funksiyalar, maxsus pedagogika.

Abstract

Mazkur maqolada serebral falajli bolalarning sensor rivojlanish xususiyatlari hamda ularni tarbiyalashning pedagogik va korreksion yo‘nalishlari yoritiladi. Sensor tarbiya bolaning atrof-muhitni bilishidagi muhim asoslardan biri bo‘lib, ko‘rish, eshitish, taktil-harakat, kinestetik idrok kabi sezgi jarayonlarining shakllanishini ta’minlaydi. Serebral falajli bolalarda markaziy asab tizimidagi organik shikastlanishlar, harakat faoliyatining cheklanganligi hamda analizatorlar faoliyatidagi buzilishlar tufayli idrok jarayonlari kechikkan va notekis rivojlanadi. Maqolada bunday bolalarda ko‘rish-harakat muvofiqligining yetarli shakllanmaganligi, fazoviy va vaqt tasavvurlarining zaifligi, kinestetik va taktil idrokning buzilishi kabi muammolar tahlil qilinadi.

Shuningdek, sensor tarbiyaning asosiy vazifalari, yo‘nalishlari va mazmuni ochib berilib, ko‘rish, eshitish va taktil idrokni rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik usullar va didaktik o‘yinlar tavsiflanadi. Sensor tarbiya orqali bolalarning oliy ruhiy funksiyalarini, nutq faoliyatini, lug‘at boyligini rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorgarligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqola maxsus pedagogika, defektologiya va inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Финни Н. Ребенок с церебральным параличом. Помощь, уход, развитие. Книга для родителей. – М.: Теревинф, 2018. – 336 с.

2. Мартин З. Обучение моторным навыкам детей с ДЦП. Пособие для родителей и профессионалов. – Екатеринбург: Рама Паблишинг, 2015. – 336 с.

3. Хольц Р. Помощь детям с церебральным параличом. – М.: Теревинф, 2007. – 380 с.

4. Лупандина-Болотова Г.С., Клочкова О.А. Не сидит, не ползет. Что делать?: рекомендации для специалистов и родителей малышей первого года жизни. – Ростов н/Д: Феникс, 2022. – 219 с.

5. Клочкова О.А., Колесникова Е.П., Бердичевская Е.М., Зиненко Д.Ю., Комарова М.И. Селективная дорсальная ризотомия при ДЦП: практические рекомендации по отбору пациентов и реабилитации. – М.: БФ «Весна», 2022. – 116 с.

Published

2026-02-11

Iqtiboslik olish

Isamova , G. (2026). SEREBRAL FALAJLI BOLALARNING SENSOR TARBIYASI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 34–37. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1439
Loading...