MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘G‘IL BOLALARDA OTA ROLINING TARBIYAVIY AHAMIYATI (O‘ZBEK MINTALITETI MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v15i.1204Keywords:
hadis, erkak mas’uliyati, oila, jamiyat, ota-ona, farzandlar tarbiyasi, vatan, millat, din, pedagog-tarbiyachi, bola, ilm, talim-tarbiya, maktab, odob-axloq, barkamol rivojlangan.Abstract
Maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida otaning muhim roli, har bir bolaga hayotiy dasturni yuklab olishga yordam beradigan - erkak obrazi bu ota ekanligi, ota va o‘g‘il o‘rtasida o‘ziga xos rishtalar mavjud bo‘lib, otasi uning xatti-harakatlarini ma’qullashi bola uchun katta quvonchga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, farzand tarbiyasida otaning ishtiroki bolalarda huquqbuzarlik, giyohvand moddalarni iste’mol qilish va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish bilan bog‘liqdir. Bolalarning ijobiy natijalarga erishishi va har tomonlama rivojlanishi uchun bola tarbiyasida otalarning ro‘li juda muhimdir.
Har bir ota o‘z oilasining rahbaridir. Ammo buni noto‘g‘ri ma’noda tushunmaslik kerak. Ya’ni, rahbar deganda o‘z ayoli va bolalariga xohlagancha taqiq qo‘yib, ularni istagancha tasarruf qilishi nazarda tutilmaydi. Rahbarlik degani shu oilaning mas’uliyatini his qilishdir. Bu mas’uliyatning eng muhim tomoni farzandlar tarbiyasi va ta’limidir.
Ota va uning namunasidan hayotni o‘rganish - bu o‘g‘il uchun hayotning eng og‘ir sinovlarida, jumladan, jismoniy zo‘ravonlik va har qanday muvaffaqiyatsizliklarda eng yaxshi himoyadir. Ushbu maqolada O‘zek mintaliteti misolida bola tarbiyasida otaning ro‘li, ahamiyati haqida ma’lumotlar ochib berilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘z farzandlarining tarbiyasi bilan faol shug‘ullanadigan otalar ularning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Shavkat Mirziyoyev: yoshlar tarbiyasi – eng muhim masalalardan 16.06.2017. MAnba: O‘zA
B.X. Xodjayev, X.M. Xo‘jamatova, Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy ta’lim. (o‘quv qo‘llanma) T-2023
B.X. Xodjayev, X.M. Xo‘jamatova, O‘z his-tuyg‘ularingni angla. (o‘quv uslubiy qo‘llanma) T-2023
Azimaxon Kamolova yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o‘rganishning o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari. “Science and Education” Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar
Oilaviy hayotning axloqiy asoslari: O‘qituvchilar uchun o‘quvchi, 10-sinf [muallif-komp. Moiseev D.A., rohiba Nina (Krygina)]. - Ekaterinburg: Ekaterinburg yeparxiyasi nashriyoti, 2010. - 304 p. 229-235-betlar 5-bobdan parcha.
Bolalar bog‘chasi va oila / T.A. tomonidan tahrirlangan. Markova / M. - 1989 yil
Nishonova S. SHarq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotidabarkamol inson tarbiyasi. Ped. fan. dok. diss. - T.: 1988. - 289 b.
Figdor G. Ajrashgan ota-onalarning farzandlari: travma va umid o‘rtasida. tierient.com/bolalarni-tarbiyalashda-otaning-roli/
nachalnaya-shkola/materialy-dlya-roditelei/2010/11/30/metody vzaimodeystviya-i-sotrudnichestva
https://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/4406/html/39193/4-mavzu.htm
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.