“ROHATI DIL” ASARINING MAZMUNI VA G‘OYAVIY YO‘NALISHI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iС.1724Keywords:
Huvaydo, “Rohati dil”, tasavvuf, diniy-ma’rifiy adabiyot, komil inson, axloqiy tarbiya, islom ta’limoti, mumtoz adabiyot, hikoyat va rivoyatlar, ma’naviy kamolot, didaktik doston, aruz vazni, pand-nasihat.Abstract
Mazkur maqolada Xo‘janazar Huvaydoning “Rohati dil” dostoni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilingan. Asarning diniy-ma’rifiy, axloqiy va tasavvufiy mazmuni, uning komil inson konsepsiyasini yoritishdagi o‘rni ochib berilgan. Dostonning syujeti, kompozitsion tuzilishi, obrazlar tizimi, islom dini va tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, “Rohati dil” dostoni o‘zbek mumtoz adabiyotida diniy-ma’rifiy va tasavvufiy yo‘nalishning xalqchil talqinini ifodalovchi muhim manbalardan biri sifatida ham ahamiyatlidir. Tadqiqotda “Rohati dil” dostonida Qur’oni karim oyatlari va hadislar mazmunini badiiylashtirish, ularni hikoyat va rivoyatlar orqali sodda va tushunarli shaklda yetkazish an’anasi yaqqol namoyon bo‘lishi va bu holat Huvaydo ijodining faqat nazariy-diniy bilimlarni emas, balki ularni xalq ongiga singdirish vazifasini ham bajarganligi ko‘rsatiladi. Dostonning muhim jihatlaridan unda ijtimoiy-axloqiy muammolarning – jamiyatdagi adolatsizlik, riyokorlik, nafsga berilish, mol-dunyoga hirs qo‘yish kabi illatlar tanqid qilinadi hamda ularning inson ma’naviy hayotiga salbiy ta’siri badiiy obrazlar orqali ochib berilganligi tahlil qilinadi. Umuman olganda, “Rohati dil” dostoni o‘zining g‘oyaviy teranligi, tasavvufiy-falsafiy mazmuni va didaktik yo‘nalishi bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining yuksak namunalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va adabiy merosni o‘rganishda muhim ilmiy manbalardan ekanligi asoslab beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Huvaydo. Rohati dil. Ibrohim Adham. – Toshkent: Navro‘z, 2011. – 7 b.
2. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. 1-kitob. – Toshkent, 1976. – 214 b.
3. Adizova I. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006. – 158 b.
4. Хожамназар Ҳувайдо. Роҳати дил. Иброҳим Адҳам. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси, 1994. – 40 b.
5. Jumaxo‘ja N. Huvaydo merosining ma’naviy-ma’rifiy mohiyati. – Toshkent, 1995. – 47 b.
6. Rahmonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti va tasavvuf. – Toshkent: Fan, 2008. – 189 b.
7. Yo‘ldoshev Q. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Universitet, 2010. – 276 b.
8. Vohidov R. Tasavvuf va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 233 b.
9. Karimov N. O‘zbek adabiyoti tarixi (XV–XIX asrlar). – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – 312 b.
10. Naqibxonov A. Mumtoz adabiyotda diniy-ma’rifiy yo‘nalish. – Toshkent, 2012. – 198 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.