NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1740Keywords:
toponim, toponimik marker, onomastika, nekronim, atoqli ot, nominatsiya, motivatsiya, transonimizatsiya, konversiya, transpozitsiya.Abstract
Maqolada nekronimlar tarkibidagi makon, vaqt va shakl-hajmga munosabatni ifodalaydigan markerlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning tahlili xalqimizning o‘ziga xos nominatorlik tafakkuri va toponimik dunyoqarashini anglashga xizmat qiladi. Andijon viloyati nekronimlari tarkibida yuqori, quyi, pastki, eski, yangi kabi markerli nomlar ko‘plab uchraydi. Ularning shakliy tuzilish xususiyatlari birma-bir o‘rganilgan. Maqola so‘ngida markerli nomlar hududiy yaqinlik va funksional aloqadorlik asosida vujudga kelishi xulosa qilingan. Maqolada nekronimlar tarkibida uchraydigan toponimik markerlarning lingvistik va nominativ xususiyatlari yoritilgan. Markerlarning qo‘llanishi natijasida nekronimlar tizimida hududiy joylashuv, tarixiy ketma-ketlik hamda obyektlararo funksional munosabatlar ifodalanishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, markerli nekronimlar xalqning makon va zamon haqidagi tasavvurlari, tarixiy xotirasi hamda nom berish an’analarining lisoniy ifodasi sifatida baholangan. Nekronimlar tarkibidagi markerlar orqali toponimik tizimning ichki taraqqiyot qonuniyatlari, onomastik uzviylik va nomlarning vorislik asosida shakllanish mexanizmlari ochib berilgan. Olingan ilmiy qarashlar o‘zbek onomastikasida nekronimlarning struktur-semantik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda toponimik tadqiqotlarni yangi nazariy yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – 104 б.
2. Мезенко А.М., Генкин В.М., Деревяго А.Н. Теория имени собственного. – Витебск: ВГУ, 2022. – 201 с.
3. Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии. 2-изд. – М.: Наука, 1988. – 187 с.
4. Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2009. – 27 б.
5. Суперанская А.В. Структура имени собственного (Фонология и морфология). – Москва: Наука, 1969. – 206 с.
6. Суперанская А.В., Сталтмане В.Э., Подольская Н.В., Султанов А.Х. Теория и методика ономастических исследований. – Москва: Издательство ЛКИ, 2007. – 256 с.
7. Улуқов Н. Ўзбек тили гидронимларининг тарихий-лисоний тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2008. – 192 б.
8. Kaxarov Sh.T. Nekronimlarda indikatorlarning qo‘llanish xususiyatlari // Miasto Przysztosci. Vol 60 (2025). ISSN-L: 2544-980X. – P. 182–186.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.