JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1444Keywords:
jahon va milliy, hikoya, ayol, badiiy adabiyot, ruhiyat, davr, taqdir.Abstract
Mazkur maqolada jahon va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining shakllanishi, taraqqiyoti va badiiy talqinidagi umumiy tendensiyalar yoritiladi. Ayol siymosining hikoya janrida aks etishi, uning ruhiy olami, ichki kechinmalari, ijtimoiy maqomi hamda davr bilan bog‘liq taqdiriy o‘zgarishlari badiiy-estetik jarayon doirasida tahlil etiladi. Jahon adabiyotida ayol obrazi ko‘pincha insoniyatning ma’naviy qiyofasi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va tarixiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlangan bo‘lsa, o‘zbek hikoyachiligida u milliy mentalitet, an’ana va qadriyatlar negizida talqin qilinadi.
Maqolada ayol obrazining romantik, realizm va modernistik talqinlari, shuningdek, mustaqillik davri hikoyachiligida uning ruhiy-falsafiy mazmun kasb etishi masalalari ochib beriladi. Ayol qismati orqali davr muammolari, insoniy iztiroblar, ichki ziddiyatlar va ma’naviy izlanishlar ifodalangani ko‘rsatib o‘tiladi. Hikoya janrining o‘ziga xos xususiyatlari – syujet va xarakter birligi, ruhiy tahlil, ramziy tasvir vositalari orqali ayol obrazining estetik qimmati yuksalishi asoslab beriladi.
Shuningdek, jadid davri hikoyachiligidan boshlab zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan jarayonda ayol siymosining badiiy talqini evolyutsion jihatdan ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik davrida ijod erkinligi natijasida ayol ruhiyati yanada chuqurroq va individual yo‘sinda tasvirlana boshlagani, uning ichki dunyosi va falsafiy mushohadalari hikoya markaziga aylangani ta’kidlanadi. Natijada ayol obrazi nafaqat syujetni harakatga keltiruvchi unsur, balki butun badiiy g‘oyani mujassamlashtiruvchi estetik markaz sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Дўстмуҳаммад Х. Ҳикояларда ҳаёт ва хаёл ҳақиқати. “Шарқ юлдузи” ж., № 4, 2011. 142-бет.
2. Умиров Ҳ. Адабий ижод асослари. –Самарқанд: СамДУ нашри, 2019. – Б. 83.
3. Мухаммедова Н. Маргарет Дреббл асарларида Аёл образи ва унинг ижтимоий-эстетик талқини: Филол. фан. б-ча ф-фа д-ри. дисс автореф. – Тошкент: 2019. – Б. 50.
4. Қуролбой қизи З. Ўлим ҳеч нарса эмас. Ҳикоялар. – Т.: Янги аср авлоди, 2011. – 297-305-бетлар.
5. Hoshimov Oʻ.Oʻzbeklar. – Toshkent: 2019. – 231-bet.
6. Muhammad Avfiy. Nodir hikoyalar. – T.: ASN, 1977.
7. Poshshoxoʻja. Miftoh ul-adl. Gulzor. – T.: BAN, 1962.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.