Kokand university

ROJIY LIRIK MEROSINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Authors
  • Dilmurod Asqarov

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada XIX asr Xorazm adabiy muhitining iste’dodli vakillaridan biri Muhammad Yusuf Rojiy Xorazmiyning adabiy merosi, uning o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotidagi o‘rni hamda ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir devonida jamlangan g‘azal, muxammas, mustazod, murabba’, musaddas, qasida, hikmat va munojot janrlariga mansub asarlarning mazmun-mohiyati yoritiladi. Xususan, Rojiy lirikasida ishq va hijron, vafo va bevafolik, insoniy kechinmalar, ruhiy iztirob, axloqiy poklik hamda ijtimoiy adolatsizlikka munosabat masalalarining badiiy ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Shoir she’riyatidagi an’anaviy obrazlar, ramziy ifodalar, tashbeh va istioralarning estetik vazifasi aniq she’riy namunalar asosida ochib beriladi. Shuningdek, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy va Komil Xorazmiy ijodi bilan adabiy mushtaraklik, muxammasnavislik an’analari hamda Rojiy ijodining Xorazm adabiy muhitidagi o‘ziga xos mavqei ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, maqolada shoir ijodining janr xususiyatlari, mumtoz adabiy an’analar bilan uzviyligi, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahorati hamda she’riy asarlaridagi axloqiy-ma’rifiy qarashlar tahlil etiladi. Rojiy Xorazmiy lirikasida ishqiy kechinmalar, insoniy fazilatlar, qanoat, vafo, hayotning o‘tkinchiligi kabi mavzular bilan bir qatorda, jamiyatdagi ayrim illatlarga munosabat ham o‘z ifodasini topgan. Shoirning muxammasnavislik faoliyati, mumtoz shoirlar ijodiga munosabati va tarjimonlik merosi uning XIX asr Xorazm adabiy muhitidagi o‘rni hamda adabiy jarayon rivojiga qo‘shgan hissasini belgilovchi muhim jihatlar sifatida yoritiladi.

References

1. Rojiy Xorazmiy, Muhammad Yusuf. Jamoling gulshanining bulbuliman: Tanlangan asarlar. To‘plovchi, nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi, izoh va lug‘atlar muallifi M. Berdimurodova. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008. – 176 b.

2. Yusupov, Yu. Xorazm shoirlari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1967.

3. Mo‘minova, V. O‘zbek demokratik adabiyotida lirika. – Toshkent: Fan, 1979.

4. Laffasiy, Muhammad Amin o‘g‘li. Xeva shoirlari. – 1948.

5. Qayumov, Po‘latjon. Tazkirayi Qayyumiy. II jild. – Toshkent, 1998.

6. Sharipov, J. O‘zbekistonda tarjima tarixidan. – Toshkent: Fan, 1965.

7. Komil. Devon. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1975.

8. Avoz O‘tar. Devon. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1976.

9. Yassaviy, Ahmad. Hikmatlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1991.

Published
2026-11-09
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

ROJIY LIRIK MEROSINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI. (2026). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 20(A), 61-65. https://doi.org/10.54613/y1xdjd87