ALISHER NAVOIY NASRIDA OSHIQ OBRAZINING HAYOTIY ASOSLARI VA BADIIY TALQINI
- Authors
-
-
Elnura Qurbonova
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada badiiy asarda mavzu va g‘oyaning shakllanishi, muallif bayonining g‘oyaviy-badiiy vazifasi Alisher Navoiyning nasriy merosi asosida tadqiq etilgan. Badiiy ijodda mavzu tanlash, hayotiy materialni saralash va obraz yaratish jarayonining muallif dunyoqarashi, ijodiy niyati hamda asarning janriy xususiyatlari bilan uzviy aloqadorligi yoritilgan. Navoiy lirik, epik va nasriy asarlarida ishq mavzusining mushtarak g‘oyaviy asosga egaligi, badiiy ifodasi va muallif bayonidagi o‘ziga xosliklar adabiy tur va janr imkoniyatlari bilan belgilanishi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlarida mutafakkirning ishq va oshiqlik bilan bog‘liq qarashlari o‘zaro qiyoslangan. Xususan, manoqib va holotlarda oshiq obrazining hayotiy asoslari, real tarixiy shaxslarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi orqali komil oshiqqa xos fazilatlarning ifodalanishi, muallifning shaxsiy munosabati va badiiy bahosining obraz mohiyatini ochishdagi o‘rni tahlil etilgan. Navoiy tasavvuridagi komil oshiq qiyofasi faqat badiiy tahayyul mahsuli bo‘lmay, shoirning hayotiy kuzatishlari, shaxsiy tajribasi va ruhiy yaqinlik rishtalari bilan ham shakllangani ko‘rsatib berilgan. Shoir nasriy asarlarida tarixiy shaxslarning hayot tarzi, ruhiy olami va axloqiy fazilatlari vositasida ishqning inson kamolotidagi o‘rni, oshiqlikning ma’rifiy-irfoniy mohiyati hamda muallifning oshiq obrazi haqidagi qarashlar tizimi ifodalangani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
- References
-
1. Алишер Навоий. Фавойид ул-кибар // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 4-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
2. Алишер Навоий. Ҳамсат ул-мутаҳаййирин // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 5-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
3. Алишер Навоий. Тарихи мулки ажам // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 8-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011
4. Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 9-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
5. Алишер Навоий. Ҳолоти Саййид Ҳасан Ардашер // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 10-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
6. Алишер Навоий. Ҳолоти Паҳловон Муҳаммад // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 10-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
7. Алишер Навоий. Насойим ул-муҳаббат // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 10-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
8. Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн // Тўла асарлар тўплами, X жилдлик, 10-жилд. – Тошкент: Ғофур Ғулом ННМИУ, 2011.
9. А.Абдуғофуров. Маърифат денгизининг дури. Истиқлол даври ўзбек навоийшунослиги. Алишер Навоий номидаги халқаро жамоат фонди. 30 ж-лик, 2-жилд. – Т.: Tamaddun, 2022.
10. Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. I жилд. – Тошкент, 2002.
11. Жўраев Ҳ. Алишер Навоий лирикасида воқелик ва унинг поэтик талқинлари (Ўзига хослик ва анъанавийлик асосида). Филология фанлари доктори дисс. – Тошкент, 2008.
12. Исҳоқов Ё. Алишер Навоийнинг илк лирикаси. – Тошкент: Фан, 1965.
13. Очилов Э. Жомий - Навоий идеалидаги комил инсон. // Жомий ва ўзбек адабиёти. Тўплам. - Тошкент: Мовароуннаҳр, 2005.
14. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Тошкент: Xalq merosi, 2004.
15. Эргашев Қ. Алишер Навоийнинг насрий услуби масалалари. Филология фанлари доктори (DSc) дисс. – Тошкент, 2022.
16. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Noshir, 2019.
- Downloads
- Published
- 2026-11-09
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
