Kokand university

NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL

Authors
  • Nargizaxon Umarova

    FarDU professori, filologiya fanlari doktori.

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada Alisher Navoiy asarlarida “olam” leksemasi va u ishtirokidagi birikmalar orqali ifodalangan olam manzaralari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda “olamning lisoniy manzarasi” tushunchasiga berilgan talqinlar umumlashtirilib, Navoiy talqinida olam manzarasi to‘rt unsur, to‘rt tabiat (mijoz) va olti jihat tushunchalari asosida tasavvur qilinishi ko‘rsatiladi. “Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at” ma’lumotlari asosida shoir asarlaridagi 35 ta “olam” komponentli birikmalar va ularning ma’nolari tizimlashtirilib, mavzuiy guruhlarga ajratilgan, ularning grammatik qurilishi tavsiflanadi hamda “olam” so‘zi negizida yasalgan so‘zlar ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari Navoiy tafakkurida olam manzarasi moddiy va ma’naviy, foniy va boqiy olamlar qarama-qarshiligiga hamda katta olam (makrokosm) va inson (mikrokosm) mutanosibligiga asoslangan ko‘p qatlamli tizim sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual-semantik va konseptual tahlil usullari qo‘llanilgan. Birikmalarning mavzuiy tasnifi va grammatik tuzilishi o‘zaro bog‘liqlikda yoritilgan. Olingan natijalar mumtoz matnlardagi “olam” konseptining nominativ maydonini o‘rganishga asos bo‘ladi.

References

1. Eltazarov J.D. So‘z turkumi paradigmasidagi o‘zaro aloqa va ko‘chish hollari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.

2. Mahmudov N. Olamning lisoniy manzarasi va so‘z o‘zlashtirish // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2015. – № 3.

3. Mahmudov N. Tilning so‘z xazinasi va olamning lisoniy manzarasi // So‘z san’ati. – 2018. – № 1.

4. Musayeva F. Olamning dialektal lisoniy manzarasi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2018. – № 4.

5. Sirojiddinov Sh. Olam manzarasi tushunchasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2018. – № 2.

6. Baynazarov Z.M. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ifodalangan olamning lisoniy manzarasi: filol. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – Samarqand, 2020.

7. Уорф Б.Л. Наука и языкознание // Новое в лингвистике. Вып. 1. – М.: Издательство иностранной литературы, 1960.

8. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006.

9. Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК “Петрополис”, 1998.

10. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.

11. Fish R. Jaloliddin Rumiy. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.

12. Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at / S.Sirojiddinov mas’ul muharrirligida. – 1-jild. – Toshkent: Sharq, 2016.

13. Jaloliddin Rumiy. Yetti majlis. Majolisi sab’a. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.

Published
2026-11-09
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL . (2026). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 20(A), 5-8. https://doi.org/10.54613/yt1nk167