O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARIDA “HAQIQAT” KONSEPTINING KOGNITIV VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
- Authors
-
-
Nasiba Muminova
Toshkent amaliy fanlar universiteti Xorijiy til va adabiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD).
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida, xususan, paremiologik birliklarda “haqiqat” konseptining kognitiv-pragmatik xususiyatlari hamda uning tilshunoslikdagi konseptual maydonini strukturaviy jihatdan tavsiflash masalalari yoritilgan. “Haqiqat” konseptini ifodalovchi turli lisoniy vositalar tizimlashtirilib, ularning konseptual maydon doirasidagi markaziy, yaqin va uzoq periferik qatlamlari aniqlangan. Mazkur qatlamlarni shakllantiruvchi asosiy til birliklari va ularning mazmuniy xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolaning xulosa qismida o‘zbek va ingliz tillaridagi paremiologik birliklarni takomillashtirish hamda ularni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqotda “haqiqat” konseptining xalq tafakkurida shakllanishi, uning milliy-madaniy qadriyatlar bilan uzviy aloqasi hamda paremiologik birliklar orqali ifodalanish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, haqiqat konseptining semantik tarkibi, obrazli ifoda vositalari, aksiologik xususiyatlari va kommunikativ vaziyatlarda yuzaga chiqadigan pragmatik imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘zbek va ingliz tillaridagi paremiologik birliklarni qiyosiy o‘rganish asosida mazkur konseptning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini farqlash, uning lingvokognitiv mazmunini ochib berish hamda xalq og‘zaki ijodining madaniy merosni saqlashdagi ahamiyatini asoslashga yo‘naltirilgan ilmiy qarashlar bayon etilgan.
- References
-
1. Garry Chapman, Jennifer Tomas. The five languages of aplogy. Northfield PG.-2006
2. Olshtain. E. and Cohen. A. (1983). “Apology: A Speech Act Set” (online). www.shinshuu.ac.jp/surcle.eu.html
3. Holmes, J. (1990). “Apologies in New Zealand English”. Language in Society, 19 (2), 155-199.
4. Fraser, B. (1981). “On Apologizing”. In F. Coulmas (Ed.), Conversation Routine: Exploration in Standardized Communication Situations and Prepatterned Speech. 259-271. The Hague: Mouton
5. Thomas. Jenny. (1995). Meaning in Interaction: An Introduction to Pragmatics. London: Longman Group.
6. Fasold .R (1996). The Sociolinguistics of Language. Oxford: Blackwell Publishers
7. Meier, Ardith J. (2004). “Has 'Politeness' Outlived its Usefulness?” Views 13(1), 5-22.
8. Yusupov O‘.Q. Chog‘ishtirma tilshunoslikning yangi vazifalari. Xorijiy filologiya. – S.: 2011. – №3. – Б.100
9. Ashurova D.U. Novie podxodi k lingvistike teksta. Xorijiy filologiya. – №3. – Samarkand.: 2011. – B.32
10. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006.– B. 25.
11. Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. –T.: “Noshir”. 2019. – B. 71-102.
- Downloads
- Published
- 2026-10-05
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
