“XAMSA”GA DOIR IKKI TADQIQOT XUSUSIDA
- Authors
-
-
Zarif Quvonov
Navoiy davlat universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada XX asr boshlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodining o‘rganilishi, “Xamsa”ga doir tadqiqotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati xususida mulohazalar yuritilgan. Navoiyshunoslik o‘zining boy tadqiqot an’analari bilan ajralib turadigan, tarixi qadimiy sohadir. Uning ilk bosqichi shoir yashagan davr bilan, ya’ni mumtoz adabiyotshunoslik asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyingi davri XX asrning birinchi choragida amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan tasniflanadi. Mumtoz adabiyotni tadqiq etish nihoyatda qiyin kechgan bu davr adabiyotshunosligida mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda bugungacha o‘z ilmiy qimmatini yo‘qotmay kelayotgan ishlar amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, o‘tgan asrning 20 – 30-yillari oralig‘ida mumtoz adabiyot masalalari, ijodkorlarning hayoti va adabiy faoliyatini tadqiq qilish yangi adabiy tanqid va adabiyotshunoslik ilmining maydonga kelishi bilan izohlanadi. Davr adabiyotshunosligining yana bir muhim jihati, bu – milliy an’analar va G‘arb adabiy-estetik qarashlari asosida shakllanida ko‘rinadi.
Maqola doirasida adabiyotshunos O.Sharafiddinovning “Alisher Navoiy” monografiyasidagi “Xamsa”ga doir tadqiqoti hamda Abdurauf Fitratning “Farhod va Shirin” dostoni to‘g‘risida” nomli maqolasi tahlil qilingan. Har ikkala olimning xamsachilik an’anasining tarixiy ildizlari, Navoiy epik ijodining o‘ziga xosligi borasidagi fikr-qarashlari, ular tomonidan ilgari surilgan masalalar qiyosan o‘rganildi.
- References
-
1. Карим Б. Навоийнинг отини олтин билан ёзайлик. // https://jadid.uz/navoiyning-otini-oltin-bilan-yozaylik/
2. Тўлаганова С. Жадидчилик даврида Алишер Навоий меросининг ўрганилиши // “Алишер Навоий адабий ва илмий меросини ўрганиш масалалари” мавзусидаги Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. file:///C:/Users/PC/Downloads/363-371.pdf
3. Шарафиддинов О. Алишер Навоий. Ҳаёти ва ижоди. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти,Тошкент, 1971.–192 б.
4. Шарипов Ж. Мураббий, олим, жангчи / Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. 5-сон. – Тошкент, 1965. – 128 б.
5. Mavlonova M. “Farhod va Shirin”: adabiy matn tarkibi va g‘oyaviy-badiiy talqin. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent. 2025. –167 b.
6. Фитрат. Танланган асарлар. Иккинчи жилд. Тошкент, Маънавият, 2000. –208 б.
7. Жўрақулов А. Фитратнинг тадқиқотчилик маҳорати. Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертaтция. Тошкент, 1998.–158 б.
8. Ataniyazova M. XX asrning 20-30-yillari adabiyotshunosligida mumtoz adabiyotning o‘rganilishi (Olim Sharafiddinov ijodi misolida) Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent. 2024. –53 b.
- Downloads
- Published
- 2026-10-05
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
