XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVR TASVIRIY SAN’AT ASARLARINING TANITILISH SHAKLLARI VA ARTIONIMLARNING PROTOSHAKL BOSQICHI DIAXRONIK TAHLILI

XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVR TASVIRIY SAN’AT ASARLARINING TANITILISH SHAKLLARI VA ARTIONIMLARNING PROTOSHAKL BOSQICHI DIAXRONIK TAHLILI

Authors

  • Nazokat Safiyazova Ma’mun universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1866

Keywords:

onomastika, ideonim, artionim, protoartionim, petroglif, miniatyura, bibliononim, antroponim, kitoba, naqsh kompozitsiyasi, rang atamalari, diaxroniya, sinxron nomlash, retrospektiv metatil, kataloglashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek onomastikasida ideonimlar makroko‘lamining tarkibiy qismi bo‘lgan artionimlarning - tasviriy san’at asarlari atoqli otlarining shakllanishidan oldingi davri diaxronik jihatdan yaxlit tahlil qilinadi. XX asrgacha bo‘lgan ko‘p asrlik tarixiy-madaniy taraqqiyot davomida qoyatosh rasmlari (petrogliflar), qo‘lyozma kitob grafikasi (Sharq miniatyurasi), me’moriy-epigrafik unvon an’analari (kitoba bitiklari) hamda o‘zbek xalq amaliy bezak san’ati terminologiyasi (naqsh va rang nomenklaturasi) misolida tasviriy asarni jamiyatga tanitish vositalarining lisoniy tabiati hamda ularning atoqli ot maqomiga yaqinlashuv darajasi tadqiq etiladi. Izlanish natijasida XX asrgacha o‘zbek madaniy muhitida mustaqil, fiksatsiyalangan artionimik tizim mavjud bo‘lmagani, biroq keyingi davrlar uchun zamin vazifasini o‘tagan to‘rtta asosiy tanitish shakli amal qilgani aniqlanadi. Maqolada, shuningdek, zamonaviy san’atshunoslikka xos bo‘lgan retrospektiv metatil birliklari bilan sinxron onomastik faktlar orasidagi nazariy-metodologik farqlar asoslab beriladi hamda 1930-yillarda yuzaga kelgan muzeylashtirish, ko‘rgazmalar tizimi va kataloglashtirish kabi ijtimoiy-madaniy omillarning artionimni lisoniy kategoriya sifatida qaror toptirishdagi hal qiluvchi o‘rni yoritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии / Отв. ред. А.В. Суперанская. – М.: Наука, 1988. – 192 с.

2. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган: НамДУ, 2008. – 120 б.

3. Авлакулов Я.И. Идеоним ва фалеронимлар макрокўлами ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2020. – № 3. – Б. 76–81.

4. Bakayev Sh.Sh. Amaliy bezak san’ati: o‘quv qo‘llanma (1-qism). – Buxoro: Buxoro davlat universiteti, 2021. – 164 b.

5. Хасанов Р. Тасвирий санъат асослари: Ўқитувчилар, талабалар, бадиий йўналишдаги лицей ва коллежларнинг ўқувчилари ҳамда ҳаваскорлар учун қўлланма. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009. – 184 б.

6. Shomurodov O.N. Tasviriy san’at tarixi (portret, manzara, natyurmort, animalistik, batal janrlari): o‘quv qo‘llanma. – Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2021. – 188 b.

7. Абу Райҳон Беруний. Қимматбаҳо тошлар ва минералларни билиб олиш бўйича маълумотлар тўплами (Китоб ал-жамоҳир фи маърифат ал-жавоҳир) / Танланган асарлар. IV жилд. – Тошкент: Фан, 1974. – 412 б.

8. Маҳмудов Т. Гўзаллик ва ҳаёт: Ўзбекистон тасвирий санъати эстетикаси масалалари. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1982. – 240 б.

Published

2026-08-19

Iqtiboslik olish

Safiyazova, N. (2026). XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVR TASVIRIY SAN’AT ASARLARINING TANITILISH SHAKLLARI VA ARTIONIMLARNING PROTOSHAKL BOSQICHI DIAXRONIK TAHLILI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 272–276. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1866
Loading...