VILHELM VON HUMBOLTD TA’LIMOTI - RUHIY QUVVAT VA TIL QURILISHI

VILHELM VON HUMBOLTD TA’LIMOTI - RUHIY QUVVAT VA TIL QURILISHI

Authors

  • Muhayyo Majidova O‘zDJTU, Nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1857

Keywords:

til, ruh, ta‘limot, aloqa, tafakkur, ong, quvvat, ijtimoiy hodisa, xalq ruhi, butunlik, intellektual faoliyat, taraqqiyot, ruhiy quvvat.

Abstract

Ushbu maqolada tilning ruhiy ijtimoiy hodisa ekanligi haqida so‘z boradi va nazariy tilshunoslik asoschisi Vilhelm fon Humboltning bu boradagi fikrlari tahlil qilinadi. Uning ta’limotiga ko‘ra til mazmun mohiyatiga ko‘ra ruhiy quvvat, tuzilishiga ko‘ra butunlik va vazifasiga ko‘ra ijtimoiy hodisa, ya’ni insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida talqin qilinadi. Bundan tashqari bu boradagi ko‘plab olimlarning ilgari surgan fikrlari tadqiqot markaziga olinib, taqqoslanadi va ziddiyatlar ochiqlanadi. Til va ruhning bog‘likligini o‘rganishdan maqsad-tilning shunchaki muloqot vositasi emas, balki inson tafakkuri, millat ruhiyatining ko‘zgusi va olamni anglash quroli ekanligini tushunishdir. Vilhelm von Humboldtning ta’limotiga ko‘ra til va fikrlash bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladi va bir-biridan ajralmaydi, ammo Humboltgacha tafakkur yetakchi mavqega ega, til uni ifodalovchi vosita bo‘lib, fikrni shakllantirishda ishtirok etmaydi degan qarash ustuvor bo‘lgan. Maqolamizda til va ruhning shakllanishi va yuzaga kelishi haqida fikrlarni o‘rganish va ularni Humboldt ta’limoti doirasida tahlil qilishdir. Til fikr hosil qiluvchi organ a’zodir. Ruhiy aniqrog‘i intellektual faoliyat botiniy xususiyat bo‘lib, uning ro‘y berishini odatda sezib bo‘lmaydi. U tovush vositasida moddiylashadi va uni idrok qilish imkoni tug‘iladi. Shunga ko‘ra intellektual faoliyat bilan til yagona birlik, butunlik hosil qiladi. Tafakkur doimo til tovushlari bilan bog‘liqdir, aloqador bo‘ladi. Aks holda fikr aniq-ravshan shakllanmaydi va tasavvur tushunchaga aylana olmaydi. Ilmiy tadqiqotimiz taqqoslash va tahlil qilish metodlariga tayangan holda til va ruhiy yoki intellektual faoliyat haqidagi olimlarning fikrlari taqqoslanadi va tahlil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Гумбольдт, В. фон. О сравнительном изучении языков применительно к различным эпохам их развития [1820]. В кн.: Избранные труды по языкознанию (пер. с нем. под ред. Г. В. Рамишвили). Москва: Прогресс, 1984, с. 307–323 (особенно с. 317).

2. Гумбольдт, В. фон. О различии строения человеческих языков и его влиянии на духовное развитие человеческого рода (пер. с нем. П. С. Билярского). Санкт-Петербург: Типография Императорской Академии наук, 1907. — С. 41.

3. Weisgerber, L. Von den Kräften der deutschen Sprache. Band 1: Die Sprachgestaltung als Grundkraft des Menschen. – 4. Auflage. – Düsseldorf: Schwann, 1962. – 256 S.

4. Zikrillayev, G‘. Til va ruh ta'limotining tilshunoslikdagi o‘rni. O‘zbek tili va adabiyoti, 2018, 33–38-b.

5. Humboldt, W. von. Über die Verschiedenheit des menschlichen Sprachbaues und ihren Einfluss auf die geistige Entwicklung des Menschengeschlechts. Berlin: Druckerei der Königlichen Akademie der Wissenschaften, 1836.

6. Humboldt, W. von. On Language: The Diversity of Human Language-Structure and Its Influence on the Mental Development of Mankind. Translated by Peter Heath. Cambridge: Cambridge University Press, 1988.

7. Cassirer, E. The Philosophy of Symbolic Forms. Volume 1: Language. Translated by Ralph Manheim. New Haven: Yale University Press, 1953.

8. Herder, J. G. Treatise on the Origin of Language. In: Selected Writings on Aesthetics. Edited and translated by Gregory Moore. Princeton: Princeton University Press, 2006.

9. Sapir, E. Language: An Introduction to the Study of Speech. New York: Harcourt, Brace and Company, 1921.

10. Whorf, B. L. Language, Thought, and Reality: Selected Writings of Benjamin Lee Whorf. Edited by John B. Carroll. Cambridge, MA: MIT Press, 1956.

11. Robins, R. H. A Short History of Linguistics. 4th ed. London: Longman, 1997.

Published

2026-10-05

Iqtiboslik olish

Majidova , M. (2026). VILHELM VON HUMBOLTD TA’LIMOTI - RUHIY QUVVAT VA TIL QURILISHI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 103–106. https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1857
Loading...