JADID DAVRI YOZMA MANBALARIDA ARXAIKLASHGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1797Keywords:
Jadid davri, frazeologik birlik, arxaik frazema, tarixiy variantdoshlik, semantik o‘zgarish, eskirgan komponent, somatik frazema, poetik obraz, lingvomadaniy mazmun.Abstract
Maqolada jadid davri yozma manbalarida uchraydigan arxaiklashgan frazeologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Unda frazeologizmlar tarkibidagi eskirgan so‘zlarning zamonaviy muqobillari bilan almashinuvi, tarixiy variantdoshlik, semantik yaqinlik hamda poetik obrazlilik masalalari Behbudiy, Avloniy va Fitrat asarlaridan olingan misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, arxaik frazemalarning o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti va madaniy xotirasini aks ettirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tahlil jarayonida arxaiklashgan frazeologik birliklarning faqat tarkibiy jihatdan eskirishi emas, balki ularning semantik yadrosi, variantdoshlik munosabati va kontekstual-uslubiy vazifalari ham e’tiborga olindi. Tadqiqotda ayrim tarixiy frazemalarning hozirgi o‘zbek tilida shakliy jihatdan o‘zgargan holda semantik davomiylik kasb etishi, ayrimlarining esa poetik va tarixiy uslub doirasida saqlanib qolishi aniqlandi. Somatik komponentli birliklar orqali insonning ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlarini obrazli ifodalashning tarixiy barqarorligi ochib berildi. Shuningdek, jadid adiblari nutqida arxaik frazemalarning tarixiy kolorit yaratish, emotsional-ekspressivlikni kuchaytirish, kinoyaviy-tanqidiy munosabatni ifodalash va milliy-madaniy mazmunni yetkazishdagi funksional imkoniyatlari yoritildi. Mazkur kuzatishlar arxaik frazeologik birliklarni o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti va lingvomadaniy xotirasini aks ettiruvchi muhim til materiali sifatida baholash imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Farmonova U. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan frazemalar tadqiqi / Monografiya / – Farg‘ona: “Classic”, 2025, – 136 b.
2. Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Хоlmanova Z., O‘razova I., Rixsiyeva K. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / – Toshkent Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 421 b.
3. Behbudiy M. Saylanma / to‘plab nashrga tayyorlovchi I.Madg‘oziyev. – Toshkent: Zabarjad Media, 2025. – 429 b.
4. Abdulla Avloniy. She’rlar, pedagogik asarlar, drama, maqolalar va sayohatnoma [Matn] / Qayta nashr, – Toshkent: “Zabarjad Media”, 2024. – 432 b.
5. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 6 jildli. 4-jild. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 304 b.
6. Ганиева Ш. Ўзбек тилида “ҳолат” архисемали фраземалар таҳлили. Илмий хабарнома. АДУ, 2010. – №4. – Б. 96.
7. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat. She’rlar, nasriy asarlar, dramalar, publitsistika, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid maqolalar [Matn] qayta nashr. – Toshkent: Zabarjad Media, 2024. – 400 b.
8. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1992. – 382 b.
9. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978. – 408 b.
10. Mamatov A.E. O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi va taraqqiyoti. – Toshkent: Fan, 1997. – 240 b.
11. Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti. – Samarqand: SamDU nashri, 2007. – 120 b.
12. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002. – 168 b.
13. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. – 272 b.
14. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 128 b.
15. Hojiyev A. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1981. – 184 b.
16. Abdurahmonov G‘., Rustamov H. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: O‘qituvchi, 1982. – 168 b.
17. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. Turkum so‘zlarining o‘zlashgan qatlamlari. – Toshkent: Universitet, 2000. – 600 b.
18. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 400 b.
19. Qosimov B., Dolimov U., Riayev Sh. va boshq. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004. – 464 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.