ILMIY ISHLANMALARNI BOZORGA TAYYORLASHDA BOSQICHGA MOS MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI

ILMIY ISHLANMALARNI BOZORGA TAYYORLASHDA BOSQICHGA MOS MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI

Authors

  • Rustam Ergashev Innovatsion rivojlanish agentligi Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1786

Keywords:

ilmiy ishlanma, tijoratlashtirish, moliyalashtirish zinapoyasi, Proof of Concept, tajriba-sinov, imtiyozli kredit, xususiy investitsiya, risk taqsimoti.

Abstract

Maqolada ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda moliyalashtirish vositalarini ishlanmaning texnologik, huquqiy va bozor tayyorligi bilan moslashtirish masalasi tadqiq etilgan. Ilmiy natijani bozorga olib chiqishda bir xil moliyaviy instrumentni barcha bosqichlarga qo‘llash o‘rniga, noaniqlik va qaytarish qobiliyatining o‘zgarishiga mos moliyalashtirish zinapoyasi taklif etiladi. Erta bosqichda grant va Proof of Concept mablag‘lari texnik hamda bozor noaniqligini kamaytirishga, pilot bosqichida olim va tadbirkorning tajriba-sinov xarajatlarining bir qismini natijaga bog‘langan holda qoplashga yo‘naltiriladi. Intellektual mulk, bozor talabi va qaytarish manbai tasdiqlangach, ilm-fan budjeti mablag‘larini tijorat banklariga qaytariladigan maqsadli resurs sifatida joylashtirish orqali imtiyozli kreditlash mexanizmi taklif etilgan. Kredit muddati 48 oygacha, stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan, asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davri 12 oygacha bo‘lishi nazarda tutiladi. Agentlik ilmiy-texnologik maqbullikni, bank esa to‘lov qobiliyati va kredit riskini baholaydi. Modelning yakuniy bosqichida xususiy investitsiya va bozor moliyasi asosiy manbaga aylanishi ko‘zda tutilgan. Natijada davlat mablag‘ini xarajatni moliyalashtirishdan riskni kamaytirish, keyingi kapitalni jalb qilish va bozor natijasiga o‘tishni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida boshqarish yondashuvi asoslangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida,” O‘RQ-630-son Qonun, 2020-yil 24-iyul.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida,” PF-165-son Farmon, 2022-yil 6-iyul.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida,” PF-54-son Farmon, 2026-yil 4-aprel.

4. Innovatsion rivojlanish agentligi, 2026-yil 8-maydagi 01-03/2118-son ma’lumotnoma.

5. UNCTAD, Science, Technology and Innovation Parks in Uzbekistan: Assessment and Policy Issues. Geneva, Switzerland: United Nations Conference on Trade and Development, 2024.

6. World Bank, Uzbekistan: Modernizing Uzbekistan National Innovation System Project (P170206), Restructuring Paper. Washington, DC, USA: World Bank, Mar. 30, 2026.

7. OECD/Eurostat, Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation, 4th ed. Paris/Luxembourg: OECD Publishing, 2018, doi: 10.1787/9789264304604-en.

8. World Intellectual Property Organization, Knowledge and Technology Transfer: From Lab to Market. Geneva, Switzerland: WIPO.

9. OECD, Commercialising Public Research: New Trends and Strategies. Paris, France: OECD Publishing, 2013.

10. K. J. Arrow, “Economic welfare and the allocation of resources for invention,” in The Rate and Direction of Inventive Activity. Princeton, NJ, USA: Princeton University Press, 1962, pp. 609–626.

11. D. J. Teece, “Profiting from technological innovation: Implications for integration, collaboration, licensing and public policy,” Research Policy, vol. 15, no. 6, pp. 285–305, 1986, doi: 10.1016/0048-7333(86)90027-2.

12. R. G. Cooper, “Stage-Gate systems: A new tool for managing new products,” Business Horizons, vol. 33, no. 3, pp. 44–54, 1990.

13. R.Jensen and M. Thursby, “Proofs and prototypes for sale: The licensing of university inventions,” American Economic Review, vol. 91, no. 1, pp. 240–259, 2001.

14. A.E.Norov, “Innovatsion faoliyat va uning natijalarini tijoratlashtirishning nazariy va uslubiy asoslari,” Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, no. 1, pp. 116-126, 2020.

15. X.X.Daliyev, “Ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida innovatsiya faoliyati infratuzilmasini shakllantirish masalalari,” Moliya va bank ishi, 2022.

Published

2026-08-19

Iqtiboslik olish

Ergashev, R. (2026). ILMIY ISHLANMALARNI BOZORGA TAYYORLASHDA BOSQICHGA MOS MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 112–116. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1786
Loading...