PRAGMATIKA VA NUTQ AKTLARI NAZARIYASIDA SO‘ROQ GAPLAR (Abdulla Qahhorning “Sarob” hamda Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanlari misolida)
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1758Keywords:
so‘roq gap, pragmalingvistika, nutq akti, illokutiv kuch, bilvosita nutq akti, kontekst, diskurs, kommunikativ maqsad, badiiy matn.Abstract
Mazkur tadqiqotda so‘roq gaplarning pragmalingvistik xususiyatlari va ularning nutq aktlari tizimidagi o‘rni Abdulla Qahhorning “Sarob” hamda Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘roq gaplar faqat grammatik shakl sifatida emas, balki muayyan kommunikativ maqsadni ifodalovchi nutqiy birlik sifatida o‘rganiladi. Asarlardan olingan misollar asosida so‘roq gaplarning axborot so‘rash, suhbatni boshlash, aniqlashtirish, tanbeh berish, hayrat bildirish, taklif qilish, e’tiroz va ruhiy kechinmani ifodalash kabi pragmatik vazifalari aniqlanadi. Tahlil jarayonida pragmatik, kontekstual va diskursiv yondashuvlardan foydalanilib, so‘roq gaplarning lokutiv, illokutiv va perlokutiv jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki adib asarlarida so‘roq gaplar badiiy dialogning tabiiyligini ta’minlash, qahramon ruhiyatini ochish va kommunikativ ta’sirni kuchaytirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Tahlil jarayonida so‘roq gaplarning pragmatik mazmuni ularning grammatik qurilishi, kommunikativ vaziyat va nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabati bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi. So‘roq konstruksiyalarining ma’nosi ko‘pincha kontekst ta’sirida kengayib, bevosita savol mazmunidan tashqari iltimos, taklif, tanbeh, e’tiroz, hayrat, shubha va baholash kabi qo‘shimcha kommunikativ ma’nolarni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, bunday gaplarning badiiy dialogdagi qo‘llanishi personajlarning individual nutqiy xususiyatlari, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlarini ifodalash imkonini beradi. Qiyosiy kuzatishlar so‘roq gaplarning pragmatik funksiyalari turli adabiy va madaniy kontekstlarda namoyon bo‘lishiga qaramay, ularning asosiy kommunikativ mexanizmlari umumiy xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu jihatlar so‘roq gaplarni pragmalingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish badiiy matnning mazmuniy va kommunikativ qatlamlarini chuqurroq yoritishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Austin, J. L. How to Do Things with Words: The William James Lectures Delivered at Harvard University in 1955. – Oxford: Clarendon Press, 1962.–P. 2.
2. Brown, P., Levinson, S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage.–Cambridge: Cambridge University Press, 1987. – 345 p.
3. Grice, P. Studies in the Way of Words. – Harvard: Harvard University Press, 1991.
4. Leech, G. N. The Pragmatics of Politeness. – Oxford: Oxford University Press, 2014. – P. 184.
5. Levinson, S. C. Presumptive Meanings: The Theory of Generalized Conversational Implicature. – Cambridge: MIT Press, 2000. – P. 2.
6. Searle, J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. –Cambridge: Cambridge University Press, 1969. – P. 53.
7. Жинкин, Н. И. Речь как проводник информации. – М.: Наука, 1982. – С. 60.
8. Падучева, Е. В. Русское отрицательное предложение. – М.: Языки славянской культуры, 2013. – 303 с.
9. Шмелева, Т. В. Анкета речевого жанра // Жанры речи. – Саратов: СГУ, 1990.
10. Сафаров, Ш. С. Прагмалингвистика: монография. –Тошкент: 2008. – 318 б.
11. Қаҳҳор, А. Сароб: роман. – Тошкент: Шарқ НМК Бош таҳририяти, 1995. – 240 б.
12. Драйзер, Т. Америка фожиаси: роман. Биринчи қисм / тарж. Эркин Носиров. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. –208 б.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.