INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNI KASBIY TAYYORLASH
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1736Keywords:
integrativ yondashuv, surdopedagogika, kasbiy tayyorlash, eshitish buzilishi, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, pedagogik kompetentlik, interdissiplinar yondashuv, amaliy ko‘nikmalarAbstract
Ushbu maqolada bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy tayyorlashda integrativ yondashuvning ahamiyati va samaradorligini aniqlashga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida eshitish buzilishi bo‘lgan bolalar sonining ortishi va ularning ta’lim ehtiyojlarining murakkablashuvi surdopedagoglar tayyorlashda yangi yondashuvlar qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Integrativ yondashuv turli fanlar va amaliy sohalardagi bilimlarni birlashtirish orqali keng qamrovli kasbiy kompetentlikni shakllantirishga imkon beradi. Shuningdek maqolada pedagogik, psixologik va tibbiy fanlardagi nazariy asoslar tahlil qilingan, xorijiy va mahalliy tajribalar o‘rganilgan, shuningdek, amaliy kuzatishlar va ekspert baholashlar o‘tkazilgan. Integrativ yondashuv surdopedagoglarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv bo‘lajak mutaxassislarning inklyuziv ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorligini ta’minlaydi. Mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarda integrativ yondashuv bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy shakllanishida ta’lim mazmunini takomillashtirishning samarali omili sifatida qaraladi. Ushbu yondashuv asosida talabalarda maxsus pedagogik bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash, eshitishida cheklovi bo‘lgan bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish hamda korreksion-pedagogik faoliyatni rejalashtirish ko‘nikmalari rivojlanadi. Integrativ tayyorgarlik jarayoni bo‘lajak mutaxassislarni faqat ma’lum bir fan doirasidagi bilimlar bilan emas, balki kompleks kasbiy kompetensiyalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Shuningdek, maqolada surdopedagoglarni tayyorlashda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, raqamli vositalar va inklyuziv ta’lim tamoyillaridan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Козырева О.А. Контрольно-измерительный материал курса «Методика воспитательной работы» учебно-методическое пособие для студентов-бачлавров направления подготовки «050100 – Педагогическое образование», профиль – «Физическая культура» / Новокузнецк, 2013 г.
2. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati. (A.Jalolov va Q.Xonnazarov umumiy tahriri ostida). – T: Sharq. – 1998, B. 279
3. Marks K. Vvedenie (iz ekonomicheskix rukopisey 1857-1858 go-dov) //Marks K., Engels F. Soch. – T. 12.
4. Rubinshteyn S.L. O mыshlenii i putyax yego issledovaniya. -M.: Izd-vo AN SSSR, 1958. -147 s.
5. Obrazovatelnaya rabota v detskom sadu po programme «Razvitie» / Pod red. O.M. Dyachenko, V.V. Xolmovskoy. - M.: Novaya shkola, 1996. - 64 s.
6. Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).
7. Анисимов М.С., Турсунов А. Современные тенденции интеграции наук // Вопросы философии. - 1981. - № 3. - С. 57-67.
8. Avazov Sh.M. Ismatov I.Sh. “Qishloq xujaligi va atrof – muhit” fakultativ kursidan o‘quv dasturi (qishloq mak. yuqori sinflari uchun). T.: UZPFITI, 2001.-13 b.
9. Кухарев Н. В. На пути к профессиональному совершенству. - М.: Просвещение, 1990. - 159 с.
10. Musaev P. O‘quv fanlarining funksional vazifasi va ularni integratsiyalash masalalari. DTS asosidagi o‘quv dasturlari: muammolar, izlanishlar, yechimlar // Seminar materiallari, XTV ning ilmiy maqolalar to‘p. – Tashkent: 2002. – B. 34-37.
11. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. ... ped. fan. dokt. – T.: 2007. – 315 b
12. Копнин П. В. Основы теоретико-познавательных и логических наук. -М.: Мысль, 1974. -568 с.
13. Asqarov, D., Abdullaev, H., Yanova, E., Axmedov, M., Safarov, T., Samiyeva, G., ... & Kabilov, K. (2026). Proactive Educational Frameworks for Early Diversion and Learning Support to Prevent Criminal Justice Involvement for Vulnerable Youth. Journal of Intellectual Disabilities and Offending Behaviour, 17(1), 46-56.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.