INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QURILISH TERMINOLOGIYASINING TARKIBIY VA SO‘Z YASALISH TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iB.1675Keywords:
nominativ, mahalliy, sxemalar, versiya, lingvistik, tizimlashtirish, korrelyatsiyaAbstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qurilish terminologiyasining strukturaviy hamda so‘z yasash xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qurilish sohasiga oid terminlarning shakllanish mexanizmlari, ularning morfologik va leksik-semantik tuzilishi, termin hosil qiluvchi affikslarning funksional imkoniyatlari hamda terminlarning nominativ xususiyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, qurilish terminlarining shakllanishida ichki va tashqi manbalarning o‘rni, terminlarning ilmiy ijod jarayoni bilan bog‘liqligi hamda terminologik tizimning til taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi monoleksemik va polileksemik terminlarning strukturaviy xususiyatlari, ularning semantik korrelyatsiyasi hamda derivatsion modellari misollar asosida tahlil etilgan. Qurilish terminlarining shakllanishida prefiksatsiya, suffiksatsiya, kompozitsiya va leksik-semantik usullarning faol qo‘llanishi qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida ikki til terminologik tizimida umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, terminlarning morfologik tuzilishi va semantik motivatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Mazkur ilmiy ish qurilish terminologiyasini tizimlashtirish, terminlarning lingvistik tabiatini aniqlash hamda qiyosiy terminologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kandelaki, T.L. Semantics and Motivation of Terms. – Moscow: Nauka, 1977. – 7 p.
2. Saloydinova, N. Arxitektura-qurilish terminlarining leksik-semantik xususiyatlari: filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. – Toshkent, 2023. – 55 b.
3. Крысин, Л.П. Толковый словарь иноязычных слов. – Москва: Эксмо, 2010. – 944 с.
4. G‘ofurova, N. O‘zbek, ingliz va rus tillarida qurilish sohasi terminlari tarjimasi masalalari: filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. – Andijon, 2017. – 151 b.
5. Raziqov, B. Terminologiyani o‘rganish yoki terminologiyaga yaqin so‘zlarni tahlil qilishda semantik tavsif. – Toshkent, nashr yili ko‘rsatilmagan.
6. Webster’s Third New International Dictionary of the English Language. – Könemann, 1993.
7. Safarov, Sh. Semantics. – Toshkent, 2013. – 340 p.
8. Reformatsky, A.A. Mysli o terminologii // Sovremennye problemy russkoy terminologii. – Moscow: Nauka, 1986. – P. 11–25.
9. Cambridge Advanced Learner’s Dictionary. – Oxford Publishing House, 2006. – 1129 p.
10. Jurayev, T.K. O‘zbek va tojik qurilish atamalarining sanoat-texnik terminologiya doirasidagi leksik-semantik munosabatlari. – Toshkent, nashr yili ko‘rsatilmagan.
11. Sobirov, A. Researching the Lexical Level of the Uzbek Language Based on the Principle of the System of Systems. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
12. Hornby, A.S. Oxford Advanced Learner’s Dictionary. 6th ed. / Ed. by Sally Wehmeier. – Oxford: Oxford University Press, 2000. – P. 581–583.
13. Jurayev, T.K. O‘zbek va tojik qurilish atamalarining sanoat-texnik terminologiya doirasidagi leksik-semantik munosabatlari. – Toshkent, nashr yili ko‘rsatilmagan.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.