MIFOLOGIK OBRAZ VA YOZUVCHI XAYOLIY-MISTIK DUNYOSI TALQINI (Shodiqul Hamroning “Tushimdagi Olovxon” hikoyasi misolida)
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1569Keywords:
iblis, badiiyat, nafs, obraz, hikoya, kontseptsiya, usulAbstract
Ushbu maqolada Shodiqul Hamroning “Tushimdagi Olovxon” hikoyasidagi Iblis obraziga oydinlik kiritildi. Iblis hikoya qahramonini yo‘ldan ozdiruvchi bo‘lib hayotini parokanda qilmoqchi. Lekin unga vafot etgan akasi yordamga keladi. Ilon borazi mifopoetik talqin ekanligi maqolada asoslandi. Maqolada, shuningdek, tush motivining badiiy struktura va kompozitsiyadagi o‘rni, uning qahramon ruhiyati va ichki konfliktlarini ochib berishdagi funksiyasi chuqur tahlil qilinadi. Iblis va ilon obrazlari orqali inson nafsining turli ko‘rinishlari, axloqiy tanlov va ruhiy poklanish jarayonlari mifopoetik hamda psixoanalitik yondashuvlar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida mistik tafakkur va ramziy obrazlarning badiiy-estetik ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada yozuvchi ijodida tun, tush va ong osti voqeliklarining o‘zaro uyg‘unligi insonning axloqiy tanlovi, nafs va iymon kurashi bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatildi. Iblis obrazi an’anaviy diniy talqindan tashqari, zamonaviy inson ruhiyatidagi ichki zaifliklar, vasvasa va ma’naviy sinovlar ramzi sifatida ham ochib berildi. Tahlillar natijasida mifologik obrazlar zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida yangi semantik yuklama kasb etib, badiiy tafakkurning chuqurlashishiga xizmat qilayotgani, shuningdek, yozuvchining estetik konsepsiyasida inson ruhiyati markaziy o‘rin egallashi aniqlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Адабиёт назарияси. 3-жилдлик. 1-жилд. –Т: Фан, 1991. –Б.74.
2. Ҳаққулов И. Талант – жасорат жавҳари. –Т: “Муҳаррир”. 2018. –Б.12.
3. Шодиқул Ҳамо. Кўк кўл. –Т: “Янги аср авлоди”. 2025. –Б.107.
4. Эрих Фромм. Инсон қалби. Унинг эзгулик а ёвузликка бўлган лаёқати. –Т: “Ўзбекистн”. 2016. –Б.67.
5. https://islom.uz/maqola/3069
6. https://islom.uz/maqola/9697
7. Rahimov D. Adabiyot va mentalitet. – Toshkent: Ma’naviyat, 2023. – 205 b.
8. Saidov H. O‘zbek nasrida psixologizm. – Toshkent: Fan, 2020. – 184 b.
9. Qodirova N. Zamonaviy adabiyotda xronotop masalasi. – Toshkent: Universitet, 2022. – 200 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.