PUBLITSISTIK USLUB SHAKLLANISHIDAGI LISONIY VA NOLISONIY OMILLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1565Keywords:
ekstalingvistik omillar, lisoniy me’yor, yagona turkiy til, purizm, jargon, ekspressivlik, struktur-grammatik xususiyatlar, tayanch dialekt, singarmonazim, ijtimoiy-siyosiy terminologiyaAbstract
Maqolada XIX asr oxiri XX boshlarida o‘zbek adabiy tilida publitsistik uslubning shakllanishidagi ijtimoiy zaruriyat, lisoniy va nolisoniy omillar tavsiflangan. Davr adabiy tilida pudlitsistik uslub me’yorlarining shakllanishi va takomilida jadid ma’rifatparvarlari yaratgan publitsistik asarlarning ahamiyati, mazkur davrdagi matbuot nashrlarining o‘rni, uslub tilining asosiy lisoniy xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada publitsistik uslubning shakllanish jarayonida matbuot tili va jadid ziyolilarining lingvistik qarashlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasi ham yoritiladi. Tadqiqot natijasida publitsistik nutqning shakllanishida til me’yorlarining barqarorlashuvi, uslubiy variantlarning kengayishi hamda milliy adabiy tilning funksional imkoniyatlari ortib borishi asosiy omillardan biri bo‘lganligi aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada publitsistik matnlarning kommunikativ maqsadiga ko‘ra axborot berish, ta’sir etish va targ‘ibot funksiyalarining uyg‘unlashuvi til birliklarining tanlanishi va qo‘llanishida hal qiluvchi rol o‘ynagani ko‘rsatib beriladi. Natijada o‘zbek adabiy tilida publitsistik uslubning mustaqil funksional tizim sifatida shakllanish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
. Qodirov P. Xalq tili va realistik proza. – Toshkent: Fan, 1990. – B. 324.
2. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi. Uchinchi kitob. – Toshkent: O‘qituvchi, 1966. – 183 b.
3. Masharipov M. Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistikasining leksik xususiyatlari. Filol. fan. b. fals. dok... diss. – Guliston, 2023. – 126 b.
4. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar 2-jildlik. 2-jild. (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad). – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.32.
5. Nilufar, J. (2022). TIL MILLATNING JON BULOG ‘I. World of Philology, 1(2), 61-65.
6. Коновал енко В .В ., Коноваленко С. В. Экс пресс-обследование фонематического слуха и К 64 готовности к звуковому анализу у детей дошкольного возраста. Пособие для логопедов. - М.: “Гном-Пресс”, 2000. – 16 с., цветная вставка.
7. Ерошева, О. В. Арт-терапия как здоровьесберегающая технология в ДОУ / Молодой ученый. – 2023.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.