BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING TARBIYAVIY FAOLIYAT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING TARBIYAVIY FAOLIYAT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Xusnidin Orziqulov Qo‘qon universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b, p.f.f.d.(PhD).

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1458

Keywords:

kompetentlik, tarbiyaviy faoliyat, pedagogik mexanizm, kasbiy tayyorgarlik, innovatsion yondashuv, insonparvarlik, kadrlar, o‘qituvchi madaniyati, tarbiya, rivojlanish, innovatsiya, tizim, maqsad, faoliyat.

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning tarbiyaviy faoliyat kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali mexanizmlari, pedagogik shart-sharoitlar hamda innovatsion metodlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida tarbiyaviy kompetentlikni shakllantirish modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalasi o‘qituvchining mehnat faoliyatida malga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar samarasi va uning o‘ziga xosligi, olimlarning bu boradagi fikr mulohazalari atroflicha bayon etilgan. Mazkur mavzu bugungi kunda taʼlim tizimining eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib, u pedagogiklarni har tomonlama yetuk va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lajak pedagoglarning tarbiyaviy faoliyat kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va samarali mexanizmlarini aniqlash, yosh oʻqituvchilarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali metod va texnologiyalarni aniqlash, boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mazmuni va tamoyillari, bu ishlarni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar, maʼnaviy-psixologik shart-sharoitlarni yaratish va samaradorligini taʼminlashga qaratilgan. Shuning uchun boʻlajak oʻqituvchilar nafaqat oʻquv fanlarini oʻrgatuvchi, balki maʼnaviy yetuk, maʼrifatli va tarbiyaviy jihatdan bilimdon shaxs sifatida shakllanishi zarur, mavzu doirasida oʻqituvchilarning sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishdagi pedagogik mahorati, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash usullari, shuningdek, madaniyat va sanʼat imkoniyatlaridan tarbiya jarayonida foydalanish kabi masalalar tahlil etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Khutorskoy, A. V. (2003). Key competencies as a component of personality-oriented education paradigm. Public Education, 2, 58–64

2. Zimnyaya, I. A. (2004). Key competencies – A new paradigm of education results. Higher Education Today, 5, 34–42.

3. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press.

4. Olamova, M. U. (2025). Bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli kompetentsiyasini shakllantirishda pedagogik loyihalashning roli. International Journal of Science and Technology, 2(3), 170–176. https://doi.org/10.70728/tech.v2.i03.026

5. Meyliyeva, N. (2024). Bo‘lajak pedagoglarda o‘z o‘zini baholash kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. https://doi.org/10.5281/zenodo.17591684

6. Zoxidova, M. T. (2025). Bo‘lajak pedagoglarning funksional yondashuv asosida pedagogik mahoratini rivojlantirishning ilmiy pedagogik imkoniyatlari. International Journal of Science and Technology, 2(2), 71–76. https://doi.org/10.70728/wghacc28

7. Ibodova, S. (2024). Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llari. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. https://doi.org/10.5281/zenodo.17291072

8. Mavlonova R., Vohidova N.X., Rahmonqulova N.H. Pedagogika nazariyasi va tarixi (o‘quv qo‘llanma) –T.Fan va texnologiyalar: 2010 y.

9. Orziqulov, X. (2025). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishning pedagogik va psixologik shart sharoitlari. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 14, 109-111.

Published

2026-02-11

Iqtiboslik olish

Orziqulov , X. (2026). BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING TARBIYAVIY FAOLIYAT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 89–91. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1458
Loading...