XX ASR SO‘NGGI CHORAGIDA BADIIY TAFAKKUR VA PEYZAJ LIRIKASIDAGI EVRILISHLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v15i.1283Keywords:
XX asr soʻnggi choragi, badiiy tafakkur, peyzaj lirikasi, evrilish (transformatsiya), metafizik tafakkur, estetik talqin, milliy ruh, postmodernism, ekologik tanqid, ramziylik.Abstract
Ushbu tadqiqot XX asrning 70–90-yillari adabiy jarayonida sodir boʻlgan muhim oʻzgarishlarni, xususan, badiiy tafakkur va sheʼriyatning anʼanaviy janri boʻlgan peyzaj lirikasidagi evrilishlarni kompleks tahsil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – globallashuv, ekologik tanqid, madaniyatlararo almashinuv va postmodernistik tendensiyalar taʼsirida peyzaj lirikasining yangicha badiiy-falsafiy mazmun va shakllar bilan boyigan jarayonini ochib berishdir.
Maqolada XX asr oxiriga kelib peyzaj lirikasida tabiat tasvirining soda koʻrinishdan chiqib, inson ruhiyati, ijtimoiy masalahar, metafizik va ekzistensial tafakkurning ifodasiga aylanganligi asoslanadi. Tabiat manzarasi endi nafaqat goʻzallik ob’ekti, balki tarixiy xotira, madaniy meros, ekologik xavotir va insonning ichki dunyosidagi qarama-qarshiliklarning ramziy koʻrinishiga aylanadi. Maqola XX asr soʻnggi choragidagi peyzaj lirikasini badiiy tafakkurning umumiy modernistik va postmodernistik yoʻnalishlarining aksi sifatida talqin qilib beradi va uning zamonaviy adabiyotdagi oʻrni va ahamiyatini ochishga uringan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ж.Сувонова. Усмон Азим шеъриятида бадиий тафаккур теранлиги. Монография. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2012. – Б.6
2. Ш.Ризаев. Изтироб санъати: адабиёт, театр, кино, мусиқа. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2013. – Б.121
3. Ikromjonovna, J. S. (2023). THE ROLE OF FOLK TALES AND EPIC MOTIVES IN THE POETRY OF USMAN AZIM. Open Access Repository, 9(4), 545-548.
4. Ikromjonovna, J. S. (2023). PEYZAJNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOTIVNI ANGLATISHDAGI O‘RNI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 1, 97-99.
5. Quronov, S., & Yo‘ldoshev, Q. (2018). O‘zbek adabiyoti tarixi (Mustaqillik davri). O‘zbekiston Milli universiteti nashriyoti,145-167-bet.
6. Karimov, H. (2010). O‘zbek she’riyati poetikasi va tabiat obrazlari. Toshkent: Fan.
7. Nazarov, S. (2018). Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida ramziy talqinlar. Toshkent: Yangi asr avlodi.
8. Hayitmuradov, U. (2008). Zamonaviy she’riyatda ramziylik va uning ifodalanishi. Fan va turmush, 7, 33-37.
9. Омон Матжон. Танланган асарлар. – Т.: Адабиёт нашриёти, 2023. – Б.177
10. Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. – Т.: Movarounnahr, 2012. – Б.61
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.