OLIY TA’LIMDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v15i.1212Keywords:
pedagogik kompetensiya, raqamli ta’lim, oliy ta’lim, kasbiy malaka, metodik yondashuv, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion ta’lim, ustoz-shogird tizimi.Abstract
Ushbu maqolada XXI asrda oliy ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan tub islohotlar va raqamli transformatsiya sharoitida pedagogik kompetensiya tushunchasining nazariy asoslari, mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Muallif pedagogik kompetensiyani pedagogning bilim, ko‘nikma, qadriyatlar va shaxsiy fazilatlar uyg‘unligi sifatida tavsiflaydi va uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va dolzarbligini tahlil qiladi. Maqolada pedagogik kompetensiyaning maxsus, ijtimoiy, shaxsiy, metodik, axborot-kommunikatsion, innovatsion va madaniy-kommunikativ turlari tafsilotli bayon etilgan. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bu kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ustoz-shogird tizimi, raqamli infratuzilmani takomillashtirish, malaka oshirish kurslarini kuchaytirish va interaktiv elektron resurslar yaratish kabi qator amaliy takliflarni ilgari surilgan. Xulosa o‘rnida, pedagogik kompetensiya zamonaviy o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyati va ta’lim tizimining raqobatbardoshligini belgilovchi strategik omil sifatida ta’kidlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Mirhayitova, S.I. Pedagogik texnologiya: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 2020. B. 57.
Axmedov Q. Ta’lim sifatini boshqarish. Toshkent: Fan. 2018. – B. 47.
G‘aniev J., G‘anieva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: TDPU. 2019. – B. 104.
Tojiboyeva, G. R., & Pulatova, D. T. Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 2020. – B. 214.
Amonashvili Sh.A. Insonparvarlik pedagogikasi haqida mulohazalar. Moskva, Pedagogika nashriyoti, 2002. – B. 89.
Moore A. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. 2004. Routledge Falmer, 2004. – pp. 146.
Эльконин, Б.Д. Понятые компетентности: позиция развивающего обучения. – Москва: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов. 2002. – С. 21.
Yuldashev, S.K. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat asoslari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. 2016. – B. 90.
Shodmonqulova M. Pedagogik mahorat asoslari. Toshkent: TDPU. 2017. – B. 38.
Sen A. Development as Freedom. Oxford University Press. 1999. – B. 154.
Zimnyaya I.A. Pedagogik kompetensiyaning dinamikasi va ta’limdagi yangi talablar. Tashkent. 2013. – B. 78.
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.